Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 20.01.2016 · Amalda
Tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga:
bojxona yuk deklaratsiyasini;
tovarning kuzatuv hujjatlarini;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha tuzilgan yoʻq qilish dalolatnomasini taqdim etadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda yoʻq qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2876354
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 123-modda. Tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-2876352/123 (lex.uz/docs/-2876354)