Maktabgacha taʼlim muassasalarini mebel, oʻquv koʻrgazmali qurollar, texnik-vositalar, oʻyinchoqlar, sport anjomlari va boshqa ashyolar bilan jihozlash meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (2753-son)
16.01.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 16-yanvarda 2753-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2133-sonli qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Maktabgacha taʼlim muassasalarini mebel, oʻquv koʻrgazmali qurollar, texnik vositalar, oʻyinchoqlar, sport anjomlari va boshqa ashyolar bilan jihozlash meʼyorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 31-dekabr,
29-mh-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2015-yil 31-dekabr,
109-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 31-dekabr,
112-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 31-dekabrdagi 29-mh, 109, 112-son qaroriga ILOVA
Maktabgacha taʼlim muassasalarini mebel, oʻquv koʻrgazmali qurollar, texnik-vositalar, oʻyinchoqlar, sport anjomlari va boshqa ashyolar bilan jihozlash
MEʼYORLARI
1. GURUH JIHOZLARI
T/r Jihoz nomi Oʻlchov birligi Guruhlar kesimida soni Yasli guruhi (2-3 yosh) Kichik guruh (3-4 yosh) Oʻrta guruh (4-5 yosh) Katta guruh (5-6 yosh) Tayyorlov guruhi (6-7 yosh) Qisqa muddatli guruh Kirish yoʻlakcha uchun jihozlar 1. Kiyim javoni1 dona 1 1 1 1 1 1 2. Bolalar uchun skameyka2 dona 2-3 2-3 2-3 2-3 2-3 2-3 3. Gilamcha (oyoq ostiga toʻshash uchun) dona 1 1 1 1 1 1 4. “Tabiat burchagi” uchun javon dona 1 1 1 1 1 1 Oʻyin maydoni uchun jihozlar 5. Gilam m2 Xona oʻlchamiga muvofiq 6. Oʻyin burchaklari (sartaroshxona, mehmonxona, kasalxona, doʻkon, oshxona va boshqalar) uchun maxsus javonlar toʻplam 1 1 1 1 1 1 7. Sensor stoli dona 1 1 1 8. Oʻyinchoqlar uchun javon dona 2 2 2 1 1 1 9. Parda m2 Xona oʻlchamiga muvofiq 10. Doska dona 1 1 1 Mashgʻulotlar oʻtkazish maydoni uchun jihozlar 11. Bir tumbali stol (tarbiyach� uchun) dona 1 1 1 1 1 1 12. Yarim yumshoq stul dona 1 1 1 1 1 1 13. Oʻquv qurollari va sport jihozlari uchun javon dona 1 1 1 1 1 1 14. Kitob javoni dona 2 2 2 2 2 2 15. Bolalar stoli va stuli toʻplam Guruhdagi bolalar soniga muvofiq Idish-tovoq yuvish xonasi uchun jihozlar 16. Idish-tovoq toʻplami toʻplam 1 1 1 1 1 1 17. Idish-tovoq uchun javon toʻplam 1 1 1 1 1 1 18. Bak (idish-tovoqni ivitish uchun) dona 1 1 1 1 1 1 19. Idishlarni quritish uchun moslama dona 1 1 1 1 1 1 Yotoqxona uchun jihozlar 20. Karavot (bir qavatli)1 va 3 dona 1 1 21. Karavot (ikki qavatli)1 dona 1 1 1 22. Yumshoq jihozlar uchun javon dona 1 1 1 1 1 23. Parda m2 Xona oʻlchamiga muvofiq 24. Toʻshak1 dona 1 1 1 1 1 25. Yostiq1 dona 1 1 1 1 1 26. Jun yoki paxtali adyol1 dona 1 1 1 1 1 27. Choyshab1 dona 2 2 2 2 2 28. Yostiq jildi1 dona 2 2 2 2 2 29. Sochiq1 dona 1 1 1 1 1 Gigiyena xonasi uchun jihozlar 30. Sochiq ilgich1 dona 1 1 1 1 1 1 31. Bolalar tuvagi1 dona 1 32. Bolalar tuvagi uchun javon dona 1 33. Bak (bolalar tuvagini ivitish uchun) dona 1 34. Koʻzgu (devorga oʻrnatish uchun) dona 1 1 1 1 1 1 35. Sochiq1 dona 1 1 1 1 1 1 Sport jihozlari 36. Kegli toʻplam 2 2 2 2 2 2 37. Obruch (gardish) dona 4 4 4 8 10 10 38. Sakrash uchun arqon dona 4 10 10 10 10 10 39. Koptok dona 15 15 15 15 15 15 40. Badminton toʻplam 2 2 2 2 Qoʻshimcha jihozlar 41. Televizor dona 1 1 1 1 42. Magnitola (DVD pleyerli) dona 1 1 1 1 43. Oʻyinchoqlar toʻplami toʻplam 1 1 1 1 1 1 a) Rivojlantiruvchi va taʼlimiy oʻyinlar uchun oʻyinchoqlar toʻplam 1 1 1 1 1 1 b) Voqeaband oʻyinlar uchun jihozlar toʻplam 1 1 1 1 1 1 v) Musiqiy taʼlimiy oʻyinlar uchun oʻyinchoqlar toʻplam 1 1 1 1 1 1 g) Loyihalashtiruvchi oʻyinchoqlar toʻplam 1 1 1 1 1 1 d) Harakatlanuvchi oʻyinchoqlar toʻplam 1 1 1 1 1 1 e) Milliy oʻyinchoqlar toʻplam 1 1 1 1 1 1 2. MAXSUS JIHOZLAR T/r Jihoz nomi Oʻlchov birligi Guruhlar kesimida soni Kichik guruh (3-4 yosh) Oʻrta guruh (4-5 yosh) Katta guruh (5-6 yosh) Tayyorlov guruhi (6-7 yosh) Aqli zaif va nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar maktabgacha taʼlim muassasalari 44. Bir tumbali stol dona 1 1 1 1 45. Yarim yumshoq stul dona 1 1 1 1 46. Kitob javoni dona 1 1 1 1 47. Koʻzgu (devorga oʻrnatish uchun) dona 1 1 1 1 Tayanch-harakatlanish aʼzolarida nuqsoni boʻlgan bolalar maktabgacha taʼlim muassasalari 48. Gimnastika yoʻlakchasi dona 1 1 1 1 49. Gimnastika tayoqchasi dona 1 1 1 1 Kar va zaif eshituvchi bolalar maktabgacha taʼlim muassasalari 50. Ovoz kuchaytirgich moslama (umumiy mashgʻulotlar uchun) toʻplam 1 1 1 1 51. Ovoz kuchaytirgich moslama (yakka tartibdagi mashgʻulotlar uchun) toʻplam 1 1 1 1 52. Audiometr dona 1 53. Logoped zondi toʻplam 1 1 1 1 Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar maktabgacha taʼlim muassasalari 54. Bir tumbali stol dona 1 55. Yarim yumshoq stul dona 2 56. Kitob javoni dona 2 57. Ambliotrener dona 1 58. Sinoptofor dona 1 59. Oftalmolog oynasi toʻplam 1 60. Orlov jadvali (elektron) dona 1 61. Avtorefaktometriya dona 1 62. Elektr oftalmoskop dona 1 3. GURUHDAN TAShQARI JIHOZLAR T/r Jihoz nomi Oʻlchov birligi Soni Maʼmuriy-metodik xonalar uchun jihozlar Mudira xonasi 63. Kabinet toʻplami toʻplam 1 64. Kreslo (aylanuvchi) dona 1 65. Yarim yumshoq stul dona 2 66. Temir javon (seyf) dona 1 Metod xonasi4 67. Kompyuter uchun stol dona 1 68. Yarim yumshoq stul dona 4 69. Koʻrgazmali qurollar uchun javon dona 2 70. Kompyuter texnikasi (printer bilan) dona 1 71. Doska dona 1 Psixologik xizmat xonasi 72. Bir tumbali stol dona 1 73. Yarim yumshoq stul dona 2 74. Kitob javoni dona 1 75. Oʻyinchoqlar va koʻrgazmali qurollar uchun javon dona 1 76. Bolalar stoli va stuli toʻplam 1 Buxgalteriya 77. Kompyuter uchun stol dona 1 78. Yarim yumshoq stul dona 1 79. Kompyuter texnikasi (printeri bilan) dona 1 80. Temir javon (seyf) dona 1 Xoʻjalik mudiri xonasi 81. Bir tumbali stol dona 1 82. Yarim yumshoq stul dona 2 83. Kitob javoni dona 1 Tibbiyot xonasi Shifokor xonasi 84. Parda (shirma) dona 1 85. Bir tumbali stol dona 2 86. Yarim yumshoq stul dona 4 87. Kitob javoni dona 2 88. Tibbiyot javoni dona 1 89. Boʻy oʻlchagich dona 1 90. Tibbiyot tarozisi dona 1 Muolaja xonasi 91. Tibbiy kushetka dona 1 92. Birinchi tibbiy yordam stoli dona 1 93. Muzlatgich (dori-darmonlar uchun) dona 1 94. Birinchi tibbiy yordam qutisi dona 1 95. Biks dona 1 96. Tibbiy asbob-uskunalar toʻplam 1 97. Kvars lampasi dona 1 Izolyator 98. Karavot dona 2 99. Tumba dona 2 100. Bolalar stuli dona 2 Musiqa zali uchun jihozlar Mebellar 101. Bir tumbali stol dona 1 102. Yarim yumshoq stul dona 1 103. Yarim yumshoq stul (3-oʻrinli) dona 10 104. Bolalar stuli dona 50 105. Kitob javoni dona 1 106. Musiqa cholgʻu asbo�lari uchun javon dona 1 107. Taburetka (pianino uchun) dona 1 108. Koʻzgu (devorga oʻrnatish uchun) dona 1 109. Gilam m2 Xona oʻlchamiga muvofiq 110. Parda m2 Xona oʻlchamiga muvofiq Musiqa cholgʻu asboblari va texnik vositalar 111. Pianino dona 1 112. Doira (bolalar uchun) dona 1 113. Dutor (bolalar uchun) dona 1 114. Rubob (bolalar uchun) dona 1 115. Nogʻora (bolalar uchun) dona 1 116. Gʻijjak (bolalar uchun) dona 1 117. Karnay (bolalar uchun) dona 1 118. Surnay (bolalar uchun) dona 1 119. Baraban (bolalar uchun) dona 1 120. Buben (bolalar uchun) dona 1 121. Shiqildoq (bolalar uchun) dona 1 122. DVD pleyer dona 1 123. Ovoz kuchaytirgich (kolonka bilan) dona 1 Jismoniy tarbiya xonasi uchun jihozlar Sport anjomlari 124. Gimnastika tayoqchalari dona 25 125. Sakrash uchun arqon dona 10 126. Gimnastika toʻshaklari (mat) dona 2 127. Koptok dona 20 128. Kegli toʻplam 2 129. Chirmanda (buben) toʻplam 2 130. Obruch (gardish) dona 10 131. 4 xil rangli lentalar dona 10 132. Gimnastika skameykasi dona 2 133. Gimnastika narvoni dona 2 134. Yoʻgʻon arqon dona 1 135. Shaxmat-shashka dona 4 Qoʻshimcha jihozlar5 136. Bir tumbali stol dona 1 137. Yarim yumshoq stul dona 1 138. Obruchlarni ilish uchun taxta dona 1 139. Gimnastika uchun oyna m2 Xona oʻlchamiga muvofiq Oshxona jihozlari T/r Jihoz nomi Oʻlchov birligi Guruhlar soni 4 5 — 9 10 ta va undan ortiq Mebellar va jihozlar 140. Temir stol dona 6 7 7 141. Non uchun javon dona 1 1 1 142. Idish-tovoq uchun javon dona 1 1 1 143. Idish-tovoq toʻplam Muassasa ehtiyojiga muvofiq Asbob-anjomlar 144. Plita (elektr yoki gaz) dona 1 2 3 145. Qozon (elektr yoki gaz/suv va sut qaynatish uchun) dona 1 2 3 146. Goʻsht qiymalagich dona 1 2 2 147. Elektron tarozi dona 1 1 1 148. Oshxona buyumlari toʻplami toʻplam Muassasa ehtiyojiga muvofiq 149. Idish-tovoqni yuvish uchun vanna dona 1 1 1 Oziq-ovqat saqlash xonasi uchun jihozlar 150. Muzlatgich dona 2 3 3 151. Mahsulot saqlash uchun idish dona 10 12 15 152. Sut uchun bidon dona 1 2 2 153. Suv uchun bidon dona 2 3 4 Omborxona jihozlari T/r Jihoz nomi Oʻlchov birligi Guruhlar soni 4 5 — 9 10 ta va undan ortiq 154. Muzlatgich (maxsus) dona 1 1 1 155. Elektron tarozi dona 1 1 1 156. Sabzavot uchun javon dona 2 2 2 Kirxona jihozlari T/r Jihoz nomi Oʻlchov birligi Guruhlar soni 4 5 — 9 10 ta va undan ortiq Mebellar 157. Dazmollash uchun metall stol dona 1 1 1 158. Yuvilib dazmollangan kirlar uchun javon dona 1 2 3 159. Toza choyshab va jildlar saqlash uchun javon dona 1 2 3 Asbob-uskunalar 160. Kir yuvish mashinasi dona 2 3 4 161. Dazmol dona 1 1 1 162. Kir quritish moslamasi dona 1 1 1 Qoʻshimcha jihozlar 163. Togʻora (kir yuvish uchun) dona 5 7 10 164. Bak (kir ivitish uchun) dona 2 3 4 Tashqi oʻyin maydonchasi uchun jihozlar T/r Jihoz nomi Oʻlchov birligi Guruhlar soni 4 5 — 9 10 ta va undan ortiq 165. Gorka (sirpanchiq) dona 1 2 2 166. Tarozi argʻimchogʻi dona 1 2 2 167. Argʻimchoq dona 1 2 2 168. Kamalak dona 1 2 2 169. Ertakli uychalar dona 2 3 3 170. Zinapoya (temirli) dona 4 6 8 171. Toʻsiqli duga (estafetalar uchun) dona 4 6 8
Izoh:
1Guruhdagi har bir tarbiyalanuvchi uchun 1 donadan belgilanadi.
2Tarbiyalanuvchilar soni 15 nafargacha boʻlgan guruhlar uchun 2 dona, 15 nafardan ortiq tarbiyalanuvchilari boʻlgan guruhlar uchun 3 dona belgilanadi.
3Maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarining barcha guruhlari tarbiyalanuvchilari faqat bir qavatli karavotlar bilan taʼminlanadi.
4Maktabgacha taʼlim muassasalarida 8 ta va undan ortiq guruhlar mavjud boʻlsa metodik xona jihozlari bilan taʼminlanadi.
5 Maktabgacha taʼlim muassasalarida alohida jismoniy tarbiya xonasi mavjud boʻlsa, qoʻshimcha jihozlar bilan taʼminlanadi.
Maktabgacha taʼlim muassasalari ehtiyojdan kelib chiqqan holda xalat, roʻmol (kosinka), yuvish vositalari hamda hududni obodonlashtirish uchun xoʻjalik buyumlari bilan taʼminlanishi mumkin.
1. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining jihozlanishi mazkur jihozlash meʼyorlaridan kam boʻlmasligi lozim.
2. Maktabgacha taʼlim muassasalari jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, mahalliy va xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan boshqa turdagi zarur jihozlar bilan ham taʼminlanishi mumkin.
3. Mazkur jihozlash meʼyorlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2015-yil 31-dekabr
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
2015-yil 31-dekabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 31-dekabr
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2015-yil 31-dekabr
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. QURBONOV
2015-yil 31-dekabr
