Toshkent shahrining 2016-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (1156-son)
30.12.2015
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2013-yil 31-dekabr, 52-(I)-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda;) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yil 3-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-61-III-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2455-sonli qarori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2015-yil 25-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2016-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 75/9-5-sonli qarori xamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2015-yil 23-dekabrdagi RA/20-01-32-11/542-sonli xatiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2455-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2015-yil 25-dekabrdagi 75/9-5-sonli qarori bilan qabul qilingan Toshkent shahrining 2016-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Toshkent shahrining 2016-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahar va tumanlar mahalliy budjetlarining 2016-yil daromadlari va harajatlari, shahar mahalliy budjetidan tuman mahalliy budjetlariga oʻtkazib beriladigan daromadlar miqdori 2-ilovaga muvofiq;
Umumdavlat soliqlaridan tumanlar mahalliy budjetlariga ajratmalar meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahar va tumanlar mahalliy budjetlarining 2016-yil uchun naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasiga oʻrnatilgan tartibda tegishli mahalliy budjetlarga mablagʻlar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda, ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha budjet xarajatlarini birinchi navbatda soʻzsiz moliyalashtirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
4. Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati (X. Ermatov), “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akromov), “Kompyuterlashtirish markazi” DUK (M.Asamov): mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Raxmonov hamda Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari majmuasi zimmalariga yuklatilsin.
Hokim R. USMANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 30-dekabr,
1156-son
Shahar hokimining 2015-yil 30-dekabrdagi 1156-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahrining 2016-yilgi mahalliy budjeti asosiy
parametrlari
T/r Daromadlar turlari (ming soʻm) 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi 57 527 317 2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi 15 411 860 3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 23 424 759 4. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 178 042 087 5. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 322 926 416 6. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 88 814 000 7. Aksiz soligʻi 99 560 315 8. Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) 111 208 319 9. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 11 258 100 10. Davlat boji 4 235 883 11. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi 472 068 584 12. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha 10 734 701 13. Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq 292 027 576 14. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 12 285 478 15. Jarimalar 1 158 300 16. Bozorlar daromadidan tushum 70 323 050 17. Boshqa tushumlar 973 230 18. Mahalliy yigʻimlar 2 039 300 19. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 29 644 450 Daromadlar jami 1 803 663 725 Xarajatlar 1. Iqtisodiyotga xarajatlar 227 134 809 2. Ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari — jami 1 408 883 454 shu jumladan: maorif 741 196 837 sogʻliqni saqlash va jismoniy tarbiya 459 824 039 madaniyat va fan 21 825 812 kadrlarni tayyorlash 168 694 515 ijtimoiy taʼminot 17 342 251 3. Boshqaruv idoralarini saqlash xarajatlari 12 996 151 4. Oʻzini oʻzi boshqarish idoralarini saqlash xarajatlari 22 074 919 5. Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar 3 866 898 6. Markazlashtirilgan investitsiyalar (kapital qurilish) 118 087 200 7. Boshqa xarajatlar 8 458 394 8. Zaxira jamgʻarmasi 2 161 900 Xarajatlar jami 1 803 663 725
Shahar hokimining 2015-yil 30-dekabrdagi 1156-sonli qaroriga 2-ILOVA
Toshkent shahar va tumanlar mahalliy budjetlarining 2016-yil daromadlari va xarajatlari, shahar mahalliy budjetidan tuman mahalliy budjetlariga oʻtkazib beriladigan daromadlar
miqdori
(ming.soʻm) T/r Tumanlar nomi Daromadlar Xarajatlar Beriladigan daromadlar 1. Shayxontohur 93 591 104 93 591 104 - 2. Uchtepa 110 126 302 110 126 302 - 3. Chilonzor 111 006 453 111 006 453 - 4. Mirobod 66 845 535 66 845 535 - 5. Mirzo Ulugʻbek 115 804 154 115 804 154 - 6. Yakkasaroy 52 712 565 52 712 565 - 7. Olmazor 84 331 786 123 174 774 38 842 988 8. Yashnobod 102 476 518 102 476 518 - 9. Sergeli 81 107 684 81 107 684 - 10. Bektemir 22 768 871 22 768 871 - 11. Yunusobod 128 694 859 128 694859 - 12. Toshkent shahri 834 197 894 795 354 906 -38 842 988 Mahalliy budjet boʻyicha jami 1 803 663 725 1 803 663 725 -
Shahar hokimining 2015-yil 30-dekabrdagi 1156-sonli qaroriga 3-ILOVA
Umumdavlat soliqlaridan tumanlar mahalliy budjetlariga ajratmalar
meʼyorlari
(foizda) Tuman nomlari Qoʻshilgan qiymat soligʻi Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (umumiy ovqatlanish tizimidagi kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari) uchun yagona soliq toʻlovidan davlat budjetiga ajratmalar Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi Avtotransportning toʻxtash joyi boʻyicha pullik xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻim Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi, siqilgan va suyultirilgan gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq Shayxontohur 0 0 1 100 1 100 100 100 100 Uchtepa 0 2 2 100 100 2 100 100 100 100 Chilonzor 2 1 2 100 2 100 100 100 100 Mirobod 2 2 1 100 1 100 100 100 100 Mirzo Ulugʻbek 2 1 2 100 100 2 100 100 100 100 Yakkasaroy 1 2 1 100 0 100 100 100 Olmazor 2 2 2 100 100 2 100 100 100 100 Yashnobod 0 2 2 100 100 2 100 100 100 100 Sergeli 2 2 2 100 100 1 100 100 100 Bektemir 2 0 0 100 2 100 100 100 Yunusobod 0 1 1 0 100 100 100 100
(foizda) Tuman nomlari Bozorlardan tushgan daromadlar Davlat boji Savdo qilish va xizmat koʻrsatishda aholi bilan pullik hisob-kitoblarda nazorat kassa apparatini qoʻllamasdan amalga oshirilganligi uchun jarima va sanksiyalardan tushumlar Suv resurslaridan foydalanganlik soligʻi Foydali xizmat muddati tugagan, toʻliq eskirgan uskunalardan foydalanganlik uchun toʻlov Mulkchilikning barcha shaklidagi kichik korxonalardan undiriladigan yagona soliq Obodonlashtirish va infrastrukturani rivojlantirish soligʻi Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi Aksiz soliqlari Pivo Aroq Chakana savdo tarmoqlarida sotilayotgan, oltindan tayyorlangan zargarlik buyumlari Shayxontohur 100 100 100 100 100 1 0 100 100 100 Uchtepa 100 100 100 100 100 0 100 100 Chilonzor 100 100 100 100 100 2 100 100 100 Mirobod 100 100 100 100 100 2 100 Mirzo Ulugʻbek 100 100 100 100 100 2 100 100 100 Yakkasaroy 100 100 100 100 100 1 100 100 Olmazor 100 100 100 100 100 2 100 100 Yashnobod 100 100 100 100 100 1 100 Sergeli 100 100 100 100 100 2 100 Bektemir 100 100 100 100 100 2 100 Yunusobod 100 100 100 100 100 0 100 100 50
(foizda) Tuman nomlari Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan avtotransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun olinadigan yigʻimlar va boshqa yigʻimlar Yoʻnalishli taksilar faoliyati boʻyicha qonunchilikni buzganlik uchun jarimalar Jismoniy shaxslar tomonidan turar joylarni ijaraga berish qonunchiligini buzganlik uchun jarimalar Vakolatli organlar (bojxona organlaridan tashqari) tomonidan musodara qilingan xorijiy valyutani sotishdan tushgan tushum Bojxona organlari tomonidan musodara qilingan xorijiy valyutani sotishdan tushgan tushum Shayxontohur 100 100 100 100 100 100 Uchtepa 100 100 100 100 100 Chilonzor 100 100 100 100 100 Mirobod 100 100 100 100 100 Mirzo Ulugʻbek 100 100 100 100 100 Yakkasaroy 100 100 100 100 100 Olmazor 100 100 100 100 100 Yashnobod 100 100 100 100 100 Sergeli 100 100 100 100 Bektemir 100 100 100 100 100 Yunusobod 100 100 100 100 100
Shahar hokimining 2015-yil 30-dekabrdagi 1156-sonli qaroriga 4-ILOVA
Toshkent shahar va tumanlar mahalliy budjetlarining 2016-yil uchun naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
miqdorlari
(ming soʻm) T/r Tumanlar Aylanma kassa mablagʻi meʼyori 1. Shayxontohur 463 000 2. Uchtepa 544 900 3. Chilonzor 549 200 4. Mirobod 330 700 5. Mirzo Ulugʻbek 573 000 6. Yakkasaroy 260 800 7. Olmazor 609 400 8. Yashnobod 507 000 9. Sergeli 401 300 10. Bektemir 112 700 11. Yunusobod 636 700 12. Toshkent shahri 3 935 200 Mahalliy budjet boʻyicha jami: 8 923 900
