Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida (2751-son)
14.01.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 14-yanvarda 2751-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 24-dekabrdagi 84, 2014-37-son “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2643, 2014-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52-son, 636-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 8-yanvar,
1-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 8-yanvar,
2016-1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-yanvardagi 1 va 2016-1-son qaroriga ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining
MINIMAL MIQDORLARI
I. Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning minimal miqdorlari
soʻm T/r Mahsulot turi Oʻlchov birligi Toshkent shahri Viloyatlar markazlari va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar Tumanlar 1. Mahsulotlarni savdo oʻrinlarida sotish: 1.1. Mevalar: Hoʻl mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum, olcha, qulupnay, malina va h. k. 1 oʻrin/kunga 3 200 2 200 1 200 sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va h. k.) hamda chet eldan keltirilgan boshqa hoʻl mevalar. 1 oʻrin/kunga 8 600 6 100 3 000 Quruq mevalar, yongʻoqlar: turshak, bargak, mayiz, yongʻoq, yeryongʻoq, bodom, pistalar, shoʻrdanak va h. k. 1 oʻrin/kunga 8 600 6 100 3 000 1.2. Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholgʻom, bulgʻor qalampiri, baqlajon, patisson, pomidor, bodring (shu jumladan, issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring) va h. k. hamda pishirilgan joʻxori 1 oʻrin/kunga 3 200 2 200 1 200 1.3. Poliz mahsulotlari: handalak,qovun, tarvuz, qovoq (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 8 600 6 100 3 000 1.4. Don mahsulotlari: guruch, kungaboqar, yormalar (krupa), bugʻdoy, suli, arpa va h. k. 1 oʻrin/kunga 4 000 3 000 1 500 1.5. Dukkakli mahsulotlar: mosh, loviya, noʻxat va h. k. 1 oʻrin/kunga 4 100 3 000 1 500 1.6. Sut mahsulotlari: sut, qatiq, qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h. k. 1 oʻrin/kunga 3 200 2 200 1 200 1.7. Tuzlamalar: karam, bodring, pomidor va h. k. 1 oʻrin/kunga 5 200 3 000 2 200 1.8. Ziravor va dorivorlar (zira, murch, qalampir va h. k) hamda asal 1 oʻrin/kunga 5 200 3 000 2 200 1.9. Koʻkatlar (shu jumladan, issiqxonada yetishtirilganlar) 1 oʻrin/kunga 3 200 2 200 1 200 1.10. Tuxum 1 oʻrin/kunga 5 200 3 000 2 200 1.11. Gullar va koʻchatlar (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 4 900 2 300 1 600 1.12. Non mahsulotlari (obi non, patir va h. k) 1 oʻrin/kunga 3 150 2 250 1 200 1.13. Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, pazandalik mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari 1 oʻrin/kunga 5 200 3 000 2 200 1.14. Sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va salqin ichimliklar 1 oʻrin/kunga 7 700 4 800 2 800 1.15. Milliy taomlar 1 oʻrin/kunga 9 300 6 300 3 500 1.16. Polietilen va qogʻoz paketlar, savatlar va posilka qutilar 1 oʻrin/kunga 4 200 2 800 1 300 1.17. Supurgi 1 oʻrin/kunga 3 200 2 200 1 200 1.18. Tirik baliq 1 oʻrin/kunga 7 700 4 600 3 000 1.19. Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 1 600 1 600 1 600 2. Goʻsht mahsulotlari: mol, qoʻy, choʻchqa, parranda goʻshti, jigar, dumba va h. k. 1 oʻrin/kunga 7 900 4 800 3 000 3. Mahsulotlarni avtomashinalardan sotish: yengil avtomashinalardan 1 mashina 9 300 4 800 3 550 yuk avtomashinalardan 1 mashina 14 000 8 300 4 800 tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan 1 mashina 26 600 8 400 4 800 mahsulotlarni yerdan sotish (savdo rastalaridan tashqarida, maxsus ajratilgan joylarda) (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 5 600 4 100 2 000 4. Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalar (har bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun): shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon, guruch va makkajoʻxori poyasi va h. k. 1 mashina 9 200 5 600 3 550 5. Qurilish materiallarini sotish: 5.1. Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ogʻir va katta oʻlchamdagi qurilish materiallarini sotish: 6 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 4 400 2 800 2 000 6 kv. metrdan – 15 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 7 100 4 200 2 700 15 kv. metrdan – 30 kv. metrgacha 1 oʻrin/kunga 10 000 5 700 4 200 5.2. Kichik oʻlchamdagi qurilish materiallari (mayda oʻlchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h. k.) sotish (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/kunga 4 200 2 700 2 000 6. Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish: Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar 1 oʻrin/kunga 6 200 3 800 3 300 Uy-roʻzgʻor jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar 1 oʻrin/kunga 3 600 2 800 2 100 7. Avtotransport vositalarini sotish: yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar 1 dona 21 800 7 800 7 800 yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalari 1 dona 30 700 9 100 9 100 mototsikl, motoreller va mopedlar 1 dona 3 000 3 000 3 000 velosipedlar 1 dona 2 300 2 300 2 300 8. Mol bozoriga olib kiriladigan har bir chorva mollari uchun 8.1. Ot, toy, tuya 1 bosh 10 400 7 100 3 100 boʻtaloq, eshak 1 bosh 5 100 3 700 2 200 8.2. Yirik shoxli qoramol: yirik shoxli qoramol (shu jumladan, sigir buzogʻi bilan) 1 bosh 10 400 7 000 3 100 buzoq 1 bosh 5 100 3 600 2 500 8.3. Mayda shoxli qoramol: qoʻy, echki (qoʻy qoʻzisi bilan, echki ulogʻi bilan va h. k.) 1 bosh 4 100 3 600 1 600 qoʻzi, uloq 1 bosh 2 200 1 700 1 100 8.4. Choʻchqalar va choʻchqa bolalari 1 bosh 4 100 3 700 1 600 9. Uy parrandalari: kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz 1 bosh 1 150 900 900 tovuq, kurka, oʻrdak, gʻoz joʻjalari 10 bosh 1 150 900 900 10. Itlar va mushuklar 1 oʻrin/kunga 4 100 3 700 1 600 11. Manzarali qushlar va baliqlar 1 oʻrin/kunga 4 100 3 700 1 600 12. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar 1 oʻrin/kunga 1 500 1 150 900 13. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar, shuningdek ularning ozuqalari va tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda 1 oʻrin/kunga 4 300 3 850 1 800 14. Poyabzal taʼmirlash xizmati 1 oʻrin/kunga 3 700 1 450 1 100
II. Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshootlar va inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning minimal miqdorlari
soʻm T/r Koʻrsatiladigan xizmatlar turi Oʻlchov birligi Toshkent shahri Viloyatlar markazlari va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar Tumanlar 1. Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi: Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv. m./oyiga 32 700 15 600 7 600 Oziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv. m./oyiga 29 000 13 000 6 400 Umumiy ovqatlanish 1 kv. m./oyiga 32 700 15 600 7 600 Maishiy xizmat koʻrsatish 1 kv. m./oyiga 11 900 5 800 3 800 Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h. k.) 1 kv. m./oyiga 13 100 6 400 3 800 2. Inventarlarni ijaraga berish: 2.1. Tosh-tarozilar uchun 1 kunga 1 600 1 000 650 2.2. Katta yuk tortish tarozilari uchun 150 kg gacha 1 kunga 3 100 1 600 1 100 150 kg dan 1500 kg gacha 1 kunga 10 800 7 800 6 000 2.3. Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, oʻrindiq, voronka, patnis, savat va h. k.) (butun toʻplam uchun, bunda toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 1 600 1 100 650 2.4. Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (xalat, etak, yenglik) (butun toʻplam uchun, bunda toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunga 400 300 200 2.5. Mahsulotlar uchun brezent berish 1 kunga 1 650 1 150 650 2.6. Aravachalar uchun 1 kunga 1 700 1 200 700 2.7. Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanganligi uchun (1 kv metr) 1 kunga 1 600 1 100 650 3. Koʻrsatiladigan xizmat turlari: 3.1. Qishloq xoʻjalik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash: sovutkichlarda (har bir yashik, qop va h. k. uchun) 1 kunga 2 500 2 200 2 200 omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h. k. uchun) 1 kunga 1 600 1 600 1 600 bozor hududidagi rastalarda va ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobidan) 1 kunga 1 600 1 600 1 600 3.2. Buyumlarni omborlarda saqlash (bir 50 x 50 x 100 oʻlchamdagi joy uchun) 1 kunga 2 300 1 500 1 100 3.3. Mahsulotlarni tarozida tortish: katta yuk tarozida 1-marta tortish 1 500 900 650 yirik va mayda shoxli qoramolni tortish 1-marta tortish 1 600 1 600 1 100 3.4. Avtotarozilardan foydalanish: yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 11 600 2 900 2 000 yuksiz 1-marta oʻlchash 7 300 2 100 1 600 yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 5 000 1 700 1 300 yuksiz 1-marta oʻlchash 3 700 1 500 1 100 yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 4 300 1 500 1 100 yuksiz 1-marta oʻlchash 2 300 1 150 900 tirkamali yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 5 000 1 700 1 300 yuksiz 1-marta oʻlchash 2 800 1 450 1 100 3.5. Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1 ta joy uchun) 1 kunga 7 700 4 700 4 600 3.6. Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun: yengil avtomashinalar uchun 1 soatga 1 400 700 550 yuk avtomashinalari uchun 1 soatga 1 800 900 650 3.7. Hojatxona xizmatidan foydalanish 1-marta 400 300 200 3.8. Telefondan foydalanish 1-marta 200 100 100 3.9. Radiouzel orqali eʼlon berish 3-marta takror 400 300 200 3.10. Umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar (asfaltlangan va bruschatka yotqizilgan yoʻlaklar, trotuarlar, kirish va chiqish joylari, yer osti va yer usti kanalizatsiya lotoklari, ichki va tashqi yoritish tarmoqlari va inshootlari, ichimlik suvining sanitar-texnik boʻgʻinlari, umumiy hududni qoʻriqlash va tozalash, maishiy va meva-sabzavot mahsulotlarining chiqindilarini yigʻish va olib chiqish, tashqi muhandislik-kommunikatsiya inshootlari)* 1 kv m/oyiga 4 800 4 000 2 800
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar roʻyxati va qiymati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu xizmatlar bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino va inshootlar mulkdorlariga koʻrsatiladi hamda ular uchun kadastr hujjatlarida koʻrsatilgan egallagan yer maydonlaridan kelib chiqib haq toʻlanadi.
Izoh:
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1-1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
III. Mazkur Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2016-yil 8-yanvar
