Malayziya bilan investitsiya hamkorligini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (167-son)
09.04.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Malayziya bilan investitsiya hamkorligi dasturlarini samarali tayyorlash va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Malayziya bilan Hukumatlararo hamkorligi doirasida Investitsiya loyihalarini tayyorlash boʻyicha idoralararo ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining Malayziya bilan hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining uglevodorod resurslarini keng koʻlamda razvedka qilish va qazib chiqarish boʻyicha neft-gaz tarmogʻidagi loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb etish;
elektrotexnika, elektron, kon qazib chiqarish, yengil sanoat, mebel, kimyo, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatida, turizm sohasida va xizmatlar koʻrsatishning boshqa turlarida (sogʻliqni saqlash, taʼlim) qoʻshma korxonalar tashkil etish;
sanoat, taʼlim, sogʻliqni saqlash sohasida va moliya xizmatlari sektorida telekommunikatsiyalarning zamonaviy tizimlarini va ilgʻor axborot texnologiyalarini joriy etish;
Malayziya kompaniyalarini Oʻzbekistonning real va moliya sektorlari korxonalarini xususiylashtirish jarayoniga jalb etish;
ilmiy-texnika hamkorligi, taʼlim va madaniyat sohalarida oʻzaro foydali aloqalarni rivojlantirish.
3. Idoralararo ishchi guruh 2004-yil 1-sentabrgacha Malayziya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini, shu jumladan birgalikda amalga oshirish uchun ustuvor investitsiya loyihalari roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini tayyorlash doirasida qoʻshma biznes-seminarlar oʻtkazish, Oʻzbekistonning investitsiya va eksport salohiyati koʻrgazmalarini tashkil etish, Oʻzbekiston va Malayziya tadbirkorlari oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish nazarda tutilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 9-aprel,
167-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-apreldagi 167-son qaroriga ILOVA
Malayziya bilan Hukumatlararo hamkorlik doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash boʻyicha Idoralararo ishchi guruh
TARKIBI
Izoh: idoralararo ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
