“71-modda. Qonunchilik palatasining qoʻmitalari huzurida ekspert guruhlarini tuzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-396-son) · Sana: 29.12.2015 · Amalda
Qonun loyihalarini ishlab chiqishga va muhokama qilishga, nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlashga va oʻtkazishga koʻmaklashish maqsadida Qonunchilik palatasining qoʻmitalari huzurida ekspert guruhlari tuziladi.
Ekspert guruhlari davlat organlarining, ilmiy va taʼlim muassasalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli sohalarda ilmiy ish tajribasiga, qonun loyihalarini tayyorlash va (yoki) amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislari orasidan tuziladi.
Qonunchilik palatasining qoʻmitalari huzurida ekspert guruhlarini shakllantirish va ularning faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi”;
9) 8-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining komissiyalari (parlament komissiyalari) tashkil etilishi mumkin.
Zarur boʻlgan hollarda komissiyalar ishiga davlat organlarining va boshqa organlarning vakillari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jalb etilishi mumkin”;
10) 91-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar oʻsha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish”;
11) 11-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasining qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz berish fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) tashabbusiga koʻra nomma-nom oʻtkazilishi mumkin, uning natijalari Qonunchilik palatasi majlisining stenogrammasiga ilova qilinadi”;
12) 12-modda:
ikkinchi qismining:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati, ushbu konsepsiyada huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy gʻoyasi, maqsadi va predmeti; tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda boʻlgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho; qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari; qonun loyihasining asosiy qoidalari; boʻlgʻusi qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari prognozi belgilab berilgan boʻlishi kerak”;
