“561-modda. Jamoat joylarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-396-son) · Sana: 29.12.2015 · Amalda
Ish joylarida, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida, yongʻin chiqish xavfi boʻlgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish, bundan tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar mustasno, –
eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 99-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish, –
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 122-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
