338-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-396-son) · Sana: 29.12.2015 · Amalda
Jismoniy va yuridik shaxslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqish hamda Qonunchilik palatasida jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini oʻtkazish Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonunga hamda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi”.
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 523–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
