“321-modda. Deputat soʻrovi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-396-son) · Sana: 29.12.2015 · Amalda
Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi deputati soʻroviga, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xoʻjalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yoʻllangan deputat soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas”;
28) 33-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
