“2-modda. Senat faoliyatining asosiy prinsiplari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-396-son) · Sana: 29.12.2015 · Amalda
Senat faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
umumdavlat va mintaqaviy manfaatlarni uygʻunlashtirish;
masalalarni erkin muhokama qilish va jamoa boʻlib hal etish;
ochiqlik va oshkoralik;
jamoatchilik fikrini hisobga olish”;
3) 3-moddaning:
uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senatning majlislari ishini tashkil etish uchun ushbu majlislarda majlisning kotibiyati, sanoq komissiyasi va ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanish ustidan nazorat guruhi saylanadi.
Senatning birinchi majlisi Senat shakllantirilganidan keyin bir oydan kechiktirmay oʻtkaziladi. Mazkur majlisni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi ochadi va Senat Raisi saylangunga qadar unda raislik qiladi”;
beshinchi qismi:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 6-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senatning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Senat Kengashi:
Senat majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda Senatning vakolatlariga taalluqli qarorlarni Senatning majlislari oraligʻida qabul qiladi, ushbu qarorlar keyinchalik Senatning majlisida tasdiqlanadi;
qoʻmitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;
Senatning faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etadi.
Kengash oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻz aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi”;
uchinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
5) 7-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senatda budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi, fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tuzilishi shart. Senatda boshqa qoʻmitalar ham tuzilishi mumkin”;
6) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan toʻldirilsin:
