“251-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-396-son) · Sana: 29.12.2015 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar toʻgʻrisidagi har yilgi maʼruzasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Senatga taqdim etiladi.
Har yilgi maʼruzani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Senatning qarori qabul qilinadi, qaror Qonunchilik palatasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”;
14) 27-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qonun Senatga shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusxasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini oʻz ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi Senat tomonidan maʼqullangan qonun imzolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi”;
15) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining belgilangan tartibda kiritilgan taklifiga binoan tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularni qayta nomlash va ularning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani Qonunchilik palatasi tomonidan mazkur masala boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinganidan va Senatga tegishli materiallar kelib tushganidan keyin koʻrib chiqadi.
Tumanlarni, shaharlarni, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularni qayta nomlash va ularning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda eʼlon qilinishi lozim”;
16) 31-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.
