“20-modda. Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihasini koʻrib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-396-son) · Sana: 29.12.2015 · Amalda
Navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga kiritiladi”;
ikkinchi qismidagi “masʼul qoʻmitaga” degan soʻzlar “Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “hisobga olinishi shart” degan soʻzlar “majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 22-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida eshitiladi.
Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi, fraksiyalar (deputatlar guruhlari) vakillarining oʻz fikrlari va nuqtai nazarlari bayon etilgan maʼruzalari eshitilganidan soʻng Bosh vazir nomzodini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi”;
beshinchi — oʻn ikkinchi qismlari tegishincha yettinchi — oʻn toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
23) VII boʻlim quyidagi mazmundagi 261-modda bilan toʻldirilsin:
