“187-modda. Jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-396-son)
“187-modda. Jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-396-son) · Sana: 29.12.2015 · Amalda
Ish joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, istirohat bogʻlarida, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish, bundan toʻylar, yubileylar hamda boshqa tantanalar va marosimlar oʻtkaziladigan joylar, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilishga ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari mustasno, –
eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –
eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
5) 248-moddaning:
birinchi qismidagi “ushbu Kodeks 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi:
1-bandidagi “ushbu Kodeksning 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-bandidagi “ushbu Kodeksning 113-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) ushbu Kodeksning 561, 122, 123-moddalarida, 127-moddasida (maqsadsiz ovozli signal berishga doir qismida), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 191, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi qismida, 224-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — militsiya uchastkasi boshliqlari, militsiya profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari”.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda)quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “lombardlar va kredit byurolari” degan soʻzlar “lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 4-moddaning toʻrtinchi xatboshisi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining” degan soʻzlardan keyin “valyuta birjasining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 17-moddaning sakkizinchi xatboshisi “lombardlar” degan soʻzdan keyin “valyuta birjasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 40-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“valyuta birjasini litsenziyalashni amalga oshiradi va uning faoliyatini tartibga soladi”;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ–370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 24-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar qimmatli qogʻozlar fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan boʻlsa, ularning birja kotirovkalari mazkur qimmatli qogʻozlarning bozor qiymati deb eʼtirof etiladi”;
2) 53-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dividendlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan belgilangan muddatlarda jamiyatning aybi bilan toʻlanmagan (olinmagan) taqdirda toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi. Toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar boʻyicha hisoblanadigan penyalar miqdori toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar miqdorining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Aksiyador jamiyat tomonidan hisoblangan dividendlar va penyalar toʻlanishini sud tartibida talab qilishga haqli. Aksiyadorning talablari sud tomonidan qanoatlantirilganda dividendlar jamiyat tomonidan toʻlanmagan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb eʼlon qilish tartib-taomili qoʻllaniladi”;
3) 58-moddaning toʻrtinchi qismi “jamiyatning yillik hisoboti” degan soʻzlardan keyin “jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 59-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni oʻrta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash”;
5) 75-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida jamiyat ijroiya organining hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda jamiyat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash”;
6) 79-modda yettinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining yoxud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga koʻra jamiyat direktorini yoki boshqaruv aʼzolarini tayinlash, qoida tariqasida, chet ellik menejerlar ishtirok etishi mumkin boʻlgan tanlov boʻyicha saralash asosida amalga oshiriladi”;
7) 102-modda:
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan oʻn kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jamiyat Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni u Xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan oʻtkazilganidan keyin, aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin eʼlon qilishi shart”;
8) 106-moddaning ikkinchi qismidagi “listingiga” degan soʻz “birja kotirovkasi varagʻiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi 279–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 142-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) 20-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sugʻurta tashkilotlari, banklar va boshqa moliya tashkilotlari har yilgi moliyaviy hisobotni aksiyadorlarning yoki buxgalteriya hisobi subyektining boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ijobiy auditorlik xulosasi bilan birga eʼlon qilishi shart”.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi 400–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 108-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 6-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Axborot olishga doir soʻrov ogʻzaki, yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda ifodalanishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yozma soʻrovda murojaat etuvchining elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Yozma soʻrovda elektron manzilning koʻrsatilganligi murojaat etuvchining soʻrovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga boʻlgan roziligidir”;
uchinchi — oltinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
toʻrtinchi qism “Yozma soʻrovlar” degan soʻzlardan keyin “shu jumladan elektron hujjat tarzida yuboriladigan soʻrovlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi qismdagi “oʻttiz” degan soʻz “oʻn besh” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi 472–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 230-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda, № 12, 657-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 7-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona organlari aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha mavjud materiallar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek oʻzga axborotni boshqa organlar va tashkilotlar bilan almashishni, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda almashishni oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, qonun hujjatlarida va bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiradi”.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining 8-bandidagi “shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmagan” degan soʻzlar “shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari boʻyicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat soliq xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, moliya organlari, banklar soliqlar boʻyicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar, oʻtkazilayotgan tekshiruvlar toʻgʻrisida oʻzaro kelishuv boʻyicha aniqlanadigan tartibda bir-birini xabardor qiladi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda xabardor qiladi, shuningdek oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi”.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ–328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda) 34-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat organlariga, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va boshqa tashkilotlarga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga:
bitimlar tuzish, foydani taqsimlash, ijroiya organi rahbarini va uning aʼzolarini saylash (tayinlash) masalalari boʻyicha hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organlari vakolatiga taalluqli boʻlgan boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish, tadbirkorlik faoliyati subyektlariga koʻrsatmalar va boshqa farmoyishlar berish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining oʻz vakolatlari doirasida tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida qabul qilingan, zarar koʻrilishiga olib kelgan qarorlar uchun ularning boshqaruv organlari aʼzolariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish taqiqlanadi”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ijro varaqasi, sud buyrugʻi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
2) 54-modda:
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan qimmatli qogʻozlarning qiymati tegishli qimmatli qogʻozlar oʻzida birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan va qonun hujjatlariga muvofiq kotirovka qilinadigan fond birjasiga qimmatli qogʻozlar kotirovkalariga doir soʻrov berish orqali sud ijrochisi tomonidan aniqlanadi”;
yettinchi qismidagi “fond birjasining rasmiy listingiga kiritilmagan va markazlashtirilgan tartibda kotirovka qilinmayotgan boʻlsa” degan soʻzlar “fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilmagan boʻlsa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi 432–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “187-modda. Jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-396-son). neolex.uz/uz/laws/law-2851503/187 (lex.uz/docs/-2851499)