“10-modda. Deputat va senator soʻrovi — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-396-son)
“10-modda. Deputat va senator soʻrovi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-396-son) · Sana: 29.12.2015 · Amalda
Deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan, senator esa tegishli hududlarning manfaatlari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat, senator soʻroviga, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oliy xoʻjalik sudi raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlari rahbarlari nomiga yoʻllangan deputat, senator soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas”.
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–88-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 161-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 2-modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqilguniga qadar oʻsha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish”;
2) 4-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi siyosiy partiyaning oʻz ustavi bilan vakolatli boʻlgan organ tomonidan taklif etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi toʻgʻrisidagi taklif Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlar yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti va saylangan deputatlar roʻyxati matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddatdan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladi”;
ikkinchi — oʻninchi qismlar tegishincha toʻrtinchi — oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin.
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 29-modda birinchi qismining yigirma beshinchi xatboshisi “va budjet hisobotini qabul qiladi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 30-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi “va budjet hisobotini qabul qiladi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 39-moddaning matnidagi “davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan, belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablagʻlarni” degan soʻzlar “davlat aktivlarini xususiylashtirishdan va ushbu Kodeksning 55-moddasida nazarda tutilgan boshqa manbalardan tushadigan, belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablagʻlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 70-modda birinchi qismi 3-bandining beshinchi xatboshisi “kadastr” degan soʻzdan keyin “shuningdek geologiya qidiruv” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 71-modda birinchi qismi 4-bandining uchinchi xatboshisi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi” degan soʻzlardan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 76-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablagʻlardan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) 89-modda uchinchi qismining ruscha matnidagi “predshestvuyushiye” degan soʻz “predstoyashiye” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8) 90-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
9) 91-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan”;
toʻrtinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
10) 92-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan tegishli moliya organlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga — joriy yilning 1-iyunigacha”;
11) 99-modda:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlariga muvofiq xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlari uch ish kuni ichida qabul qilinadi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq tumanlar va shaharlar hokimlari tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlarini tasdiqlash boʻyicha uch ish kuni ichida qarorlar qabul qiladi”;
12) 100-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari tasdiqlangandan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:
tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan beriladigan subvensiyalar, oʻtkazib beriladigan daromadlar hamda dotatsiyalar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklari eʼtiboriga — uch ish kuni ichida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilar eʼtiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmlarini — bir haftalik muddatda yetkazadi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tumanlar va shaharlar budjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilar eʼtiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning hajmlarini bir haftalik muddatda yetkazadi”;
13) 102-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalari ikki nusxada, budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha uch nusxada tuziladi”;
14) 105-modda ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “daromadlar va jamlanma” degan soʻzlar “jamlanma daromadlar va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 112-modda:
uchinchi qismi “tasdiqlangan” degan soʻzdan keyin “jamlanma xarajatlar smetalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tasdiqlangan hamda roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtinchalik xarajatlar smetalari asosida tegishli budjetlarning moliya yilining birinchi choragi uchun vaqtinchalik xarajatlari yoyilmasi tuziladi”;
16) 119-moddaning ikkinchi qismidagi “ularning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi budjet mablagʻlari qoldigʻining ushbu budjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablagʻlari miqdorlaridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi” degan soʻzlar “ularning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi budjet mablagʻlari qoldigʻining (davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarning yil boshidagi qoldiqlari summasi bundan mustasno) ushbu budjetlar uchun joriy moliya yiliga tasdiqlangan aylanma kassa mablagʻlari miqdoridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 121-moddaning uchinchi qismidagi “xaridlar amalga oshirilishidan kamida oʻn kun oldin joylashtirilishi kerak” degan soʻzlar “xaridlar amalga oshirilishidan kamida oʻn kun oldin, biroq joriy moliya yilining 10-dekabridan kechiktirmasdan joylashtirilishi kerak” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 123-moddaning ikkinchi qismidagi “yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida” degan soʻzlar “yuridik majburiyatlarni qabul qilishga doir buyurtmalar asosida, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha esa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari asosida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 128-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ijro varaqasi yoki sud buyrugʻi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
20) 150-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar soni hisobga olinayotganda budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlash uchun budjet tashkilotining tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni bir moddadan boshqa moddaga koʻpaytirishni yoki kamaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar hisobga olinmaydi”;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
21) 25-bobning nomidagi “yillik hisobotni” degan soʻzlar “hisobotlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
22) 168-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “10-modda. Deputat va senator soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-396-son). neolex.uz/uz/laws/law-2851503/10 (lex.uz/docs/-2851499)