“Oʻzbekiston Respublikasi xizmatchilarining asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (2145-1-son)
23.12.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 23-dekabrda 2145-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 13-sentabrdagi 164-B-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi xizmatchilarining asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2145, 2010-yil 9-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 354-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 18-dekabr,
58-B-son
