“Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (665-II-son)
26.08.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 2006-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev):
qonunlarni “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar kiritsin;
oʻz qarorlarini “Davlat budjetining Gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari hamda bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-avgust,
665-II-son
