14-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, alohida hollarda maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida (660-II-son) · Sana: 26.08.2004 · Amalda
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar, shu operatsiyalarning taraflaridan biri:
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlsa, ushbu Qonunga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi va toʻxtatib turilishi kerak.
