“Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2411-2-son)
15.12.2015
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 15-dekabrda 2411-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 30-dekabrdagi 12-son “Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2411, 2013-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 3-son, 33-modda);
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 21-iyundagi 5-son “Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2411-1, 2013-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 368-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2016-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-dekabr,
7-son
Kelishilgan:
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2015-yil 4-dekabr
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2015-yil 3-dekabr
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2015-yil 2-dekabr
“Oʻzbekenergo” AJ Boshqaruvi raisi I. BASIDOV
2015-yil 1-dekabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2015-yil 13-noyabr
