Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida (2738-son)
10.12.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 10-dekabrda 2738-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 5-dekabrdagi 80, 2014-36-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2632, 2014-yil 9-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 599-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror 2016-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 3-dekabr,
102-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 3-dekabr,
2015-34-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 3-dekabrdagi 102, 2015-34-son qaroriga ILOVA
Alkogolli mahsulotlar*uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana
narxlar
Sotilayotgan tovarning nomi Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi Eng kam chakana narx Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida 4500 5400 Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida 13900 16700 Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida 10500 12600
* Pivodan tashqari
