Elektron hukumat toʻgʻrisida (O‘RQ-395-son) · Sana: 09.12.2015 · Amalda
Elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari tarzida boʻlishi mumkin.
Axborot davlat xizmati ariza beruvchilarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan, davlat organining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish va boshqacha tarzda tarqatish yoʻli bilan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatidir.
Interaktiv davlat xizmati ariza beruvchiga ariza beruvchi va elektron davlat xizmati koʻrsatuvchi davlat organi oʻrtasida ikki tomonlama elektron hamkorlik yoʻli bilan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatidir.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2833860
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 18-modda. Elektron davlat xizmatlarining turlari Elektron hukumat toʻgʻrisida (O‘RQ-395-son). neolex.uz/uz/laws/law-2833855/18 (lex.uz/docs/-2833860)