Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 24-martdagi 104-son qaroridan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar kiritish haqida (5-son)
05.01.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 5-yanvar,
5-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 20-iyundagi 311-son qarorining 7-bandidagi ikkinchi va uchinchi xatboshidan “ixtisoslashtirilgan” soʻzi chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gʻalla-bank” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankining faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 27-iyundagi 322-son qarori nomidan “ixtisoslashtirilgan” soʻzi chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va ularning ish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 12-oktabrdagi 502-son qarorining 2-bandidan “ixtisoslashtirilgan” soʻzi chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat “Paxta-bank”ni tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 27-iyuldagi 294-son qarorining nomidan va 1-bandidan “ixtisoslashtirilgan” soʻzi chiqarib tashlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan “Asaka” davlat-aksionerlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 7-noyabrdagi 424-son qarorining nomidan, 1-bandidan va 8-bandining birinchi xatboshidan “ixtisoslashtirilgan” soʻzi chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qaroriga 2-ilovaning 8-bandidan “ixtisoslashtirilgan” soʻzi chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 30-iyundagi 253-son qaroriga 5-ilovaning 2-bandidagi yigirma yettinchi xatboshidan “ixtisoslashtirilgan” soʻzi chiqarib tashlansin.
