Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida (50-I-son)
20.04.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-aprel,
50-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yilga moʻljallangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
I. Qonunchilik faoliyati I. 1. Ishlab chiqiladigan qonunlar loyihalari № Qonun loyihasining nomi Bajarish muddati Masʼul qoʻmita 1 2 3 4 1. “Chexiya Respublikasi, Estoniya Respublikasi, Kipr Respublikasi, Vengriya Respublikasi, Latviya Respublikasi, Litva Respublikasi, Malta Respublikasi, Polsha Respublikasi, Sloveniya Respublikasi va Slovakiya Respublikasining Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan, Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga Aʼzo davlatlar, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilik taʼsis etuvchi Sherikchilik va Hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga Bayonnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi. mart Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti loyihasi. mart — may Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 3. “Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. aprel Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 4. “Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi, may Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 5. “Avtomatlashtirilgan bank tizimlarida maʼlumotlarni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. II chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 6. “Isteʼmolni kreditlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. II chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 7. “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. iyun Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 8. “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi iqtisodiy munosabatlar asoslari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. iyun Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 9. “Ipo?ka toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 10. “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 11. “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. sentyabr Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 12. “Davlat hokimiyati organlari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi sentyabr Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 13. “Tibbiy faoliyat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi oktyabr Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 14. “Teleradio koʻrsatuvlari va eshittirishlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. oktyabr Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 15. “Jamoat televideniyesi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. oktyabr Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 16. “Kabel koʻrsatuvlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. noyabr Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 17. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti loyihasi. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 18. “Mikrokreditlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 19. “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 20. “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. noyabr Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 21. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. noyabr Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 22. “Migratsiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. noyabr-dekabr Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 23. “Hakamlar sudlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. dekabr Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 24. “Kutubxonachilik ishi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. dekabr Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 25. Xalqaro shartnomalar, bitimlar, konvensiyalarni va ularga oid bayonnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunlar loyihalarini tayyorlash. 2005-yil davomida Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi I. 2. Yangi tahrirda kiritiladigan qonunlar loyihalari 1. Yangi tahrirdagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. may-iyun Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 2. Yangi tahrirdagi “Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. iyun Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 3. Yangi tahrirdagi “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 4. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasi. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 5. Yangi tahrirdagi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 6. Yangi tahrirdagi “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. oktyabr Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi I. 3. Amaldagi qonunlarga oʻzgartirishlar kiritishga oid qonunlar loyihalari 1. “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. mart Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 2. “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 29-moddasining uchinchi qismiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. mart Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 3. “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. mart Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 4. “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 160-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (sud qarorlari ustidan shikoyat berish institutini takomillashtirish maqsadida). mart Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 5. “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. mart Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 6. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. mart Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 7. “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. mart Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 8. “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. aprel Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 9. “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. II chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 10. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. aprel Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 11. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (fraksiyalararo raqobat, parlament koʻpchiligi va parlament muxolafati bilan bogʻliq tartib-taomillarni belgilash hamda Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining nomlarini muvofiq holga keltirish maqsadida). may Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 12. “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. may Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 13. “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. may Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 14. “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. may Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 15. “Jurnalistik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. may Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 16. “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. may Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 17. “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatishni yanada yaxshilashga qaratilgan normalarni takomillashtirishga taalluqli qismida). iyun Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 18. “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. iyun Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 19. “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 20. “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 21. “Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (xoʻjalik protsessual normalarni takomillashtirishga taalluqli qismida). sentyabr Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 22. “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. sentyabr Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 23. “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. sentyabr Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 24. “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 25. “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual kodeksining 53-moddasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (advokatning sudda ishtirok etishga doir vakolatlarini rasmiylashtirish nazarda tutilgan normalarni takomillashtirishga taalluqli qismida). oktyabr Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 26. “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. oktyabr Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 27. “Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun. loyihasi. oktyabr Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 28. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (banklar rahbarlarining shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan javobgarligini kuchaytirishga taalluqli qismida). noyabr Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 29. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga, Jinoyat-protsessual kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (kompyuter bilan bogʻliq jinoyatlar va huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga taalluqli qismida). noyabr Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 30. “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. noyabr Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 31. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi (Bosh vazir, hukumat aʼzolarining oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda masʼuliyatlarini oshirishga taalluqli qismida). dekabr Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 32. “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. dekabr Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi I. Nazorat-tahlil faoliyati 1. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning tashqi migratsiyani tartibga solishga oid normalarining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan ijro etilishi haqida. mart-aprel Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 2. “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonunning Buxoro viloyatida ijro etilishi toʻgʻrisida. mart-aprel Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 3. “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi hamda “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlarning Andijon viloyatida ijro etilishi haqida. mart-aprel Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 4. “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunning “Oʻzagromashservis” va “Oʻzbek ipagi” uyushmalarida ijro etilishi haqida. aprel Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 5. Fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatishga qaratilgan qonunlar ijrosi samaradorligini Navoiy viloyatida oʻrganish. aprel Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 6. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijro etilishi haqida. aprel Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 7. “Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Toshkent shahrida ijro etilishi haqida. aprel Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 8. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning Fargʻona viloyatida ijro etilishi haqida. aprel Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 9. “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning Fargʻona viloyatida ijro etilishi haqida. aprel-may Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 10. “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunning Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ijro etilishi haqida. aprel-may Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 11. Jarimaning jinoiy jazo chorasi sifatidagi samaradorligini va uning jinoyatchilikning oldini olishdagi oʻrnini Samarqand viloyatida oʻrganish. may Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 12. “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonunning Buxoro viloyatida ijro etilishi haqida. may Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 13. Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining Xorazm viloyatida ijro etilishi haqida. may Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 14. “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning Sirdaryo vilo�tida ijro etilishi toʻgʻrisida. may Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 15. “Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning Buxoro viloyatida ijro etilishi haqida. may Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 16. Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga Qashqadaryo viloyatida rioya etilishi haqida. may-iyun Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi hamda Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 17. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti ijrosini koʻrib chiqish. iyun Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 18. “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning Navoiy viloyatida va Toshkent shahrida ijro etilishi haqida. II chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 19. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Namangan viloyatida ijro etilishi haqida. iyun Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 20. “Fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisida”gi Qonunning Respublika dehqon-fermer xoʻjaliklari uyushmasi tomonidan va Namangan viloyatida ijro etilishi haqida. iyun Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 21. “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunning Xorazm viloyatida ijro etilishi haqida. iyun Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 22. “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Qashqadaryo viloyatida ijro etilishi haqida. iyun Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 23. “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning Matbuot va axborot agentligi tomonidan ijro etilishi haqida. iyun Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 24. “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi samaradorligini Buxoro viloyatida oʻrganish. sentyabr Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 25. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonunning Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ij etilishi haqida (davlat chegarasini himoya qilishda aholining va “Chegara posbonlari” jamoat tuzilmalarining rolini oshirishga doir qismi). sentyabr Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 26. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonun asosida Fargʻona viloyatida jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishi haqida. sentyabr Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 27. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 17-moddasining (Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish) Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ijro etilishi haqida. sentyabr- oktyabr Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 28. “Qiynoqlarga solishga hamda muomalada boʻlish va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konvensiya”ning ijro etilishi haqida. oktyabr Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 29. “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan ijro etilishi haqida. oktyabr Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 30. “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonunning Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi hamda “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ijro etilishi haqida. oktyabr Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 31. “Arxivlar toʻgʻrisida”gi Qonunning Jizzax viloyatida ijro etilishi haqida. oktyabr Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 32. “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonunning Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijro etilishi haqida. oktyabr Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 33. Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavining Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida. oktyabr-noyabr Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 34. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi samaradorligini Andijon viloyatida oʻrganish. noyabr Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 35. “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonunning Jizzax viloyatida ijro etilishi haqida. noyabr Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 36. “Ekologik ekpertiza toʻgʻrisida”gi Qonunning Navoiy viloyatida ijro etilishi haqida. noyabr Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 37. “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunning Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijro etilishi haqida. noyabr Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 38. “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning Jizzax viloyatida ijro etilishi haqida. noyabr-dekabr Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 39. “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Qonunning joylarda amalga kiritilishiga tayyorgarlik koʻrish haqida Moliya vazirligining axboroti. dekabr Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 40. “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning “Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan ijro etilishi haqida. dekabr Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 41. “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning Toshkent viloyatida ijro etilishi haqida. dekabr Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 42. “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning “Oʻzteleradio” kompaniyasi tomonidan ijro etilishi haqida. dekabr Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 43. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan tayyorlanadigan qonunlar loyihalarini ularning Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiqligi nuqtai nazardan tahlil qilish va xulosalar tayyorlash. davomida Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi III. Tadbirlar № Tadbirning nomi Bajarish muddati Masʼul qoʻmita III. 1. Konferensiyalar 1. “Sud tizimi samaradorligi va qonun ustuvorligini taʼminlashning qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish” mavzusida konferensiya (sudlar vakillari, Advokatlar assotsiatsiyasi vakillari, huquqshunos olimlar, oliy oʻquv yurtlari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida). II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 2. “Xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash — hozirgi davrning dolzarb vazifasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya (Buxoro viloyatida). II chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 3. “Kadrlar tayyorlash tizimida agrar, taʼlim, fan va ishlab chiqarish sohalari integratsiyasi” mavzusida konferensiya. II chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 4. “Orolboʻyi ekologik sharoitida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish muammolari” mavzusida konferensiya (Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq �a suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda) (Nukus shahrida). II chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 5. “Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi hamda mamlakatda fermerlikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida konferensiya. II chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 6. Umumjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuniga bagʻishlangan matbuot konferensiyasi. II chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 7. “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etishning ahvoli” mavzusida konferensiya. II chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 8. “Sodir etilgan jinoyat uchun jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtira borib, oʻlim jazosini jazolar tizimidan chiqarib tashlash” mavzusida konferensiya. IV chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 9. “Aholining tibbiy bilimlarini oshirishda mahalla va oilaning oʻrni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya. IV chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 10. “Xalqaro munosabatlarga oid faoliyatni normativ-huquqiy jihatdan tartibga solish muammolari: Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini xalqaro huquqiy normalarga muvofiqlashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya. IV chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 11. “Oʻzbekiston suv xoʻjaligi tarmoqlarida bozor munosabatlarini joriy etish muammolari” mavzusida konferensiya. IV chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 12. “Oʻzbekistonda agrar sohaga oid qonunchilikni takomillashtirishning dolzarb muammolari” mavzusida konferensiya. Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi III. 2. Seminarlar 1. Qoʻmita aʼzolari bilan seminar-trening. I chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 2. “Qonunchilik tashabbusi huquqi va uni Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan amalga oshirish tartibi” mavzusida seminar-trening. I chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 3. “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishning qonunchilik asoslari va uni takomillashtirish muammolari” mavzusida seminar. I chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 4. “Sanoat, qurilish va savdo masalalari boʻyicha qonun loyihalarini tayyorlash texnikasi: xalqaro tajriba” mavzusida seminar (YevropEyd loyihasi bilan birgalikda). I chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 5. “Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar (Fargʻona viloyatida). I chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 6. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish maqsadida budjet siyosatini va bank tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari” mavzusida seminar. II chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 7. “Normativ hujjatlarni tayyorlash texnikasi va ularni xalqaro normalarga muvofiqlashtirish: havola qilinuvchi normalar qoʻllanilishini kamaytirish” mavzusida seminar (YevropEyd loyihasi bilan hamkorlikda). II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 8. “Sud-huquq tizimini isloh qilishning dolzarb masalalari: tajriba almashuv” mavzusida seminar (YevropEyd loyihasi bilan hamkorlikda). II chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 9. “Normativ hujjatlarni tayyorlash texnikasi va ularni xalqaro normalarga muvofiqlashtirish: havola qilinuvchi normalar qoʻllanilishini kamaytirish” mavzusida seminar (YevropEyd loyihasi bilan birgalikda). II chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 10. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi maʼruzasi asosida) Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarining talabalari bilan seminar (Nukus shahrida). II chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 11. “Terrorizm, diniy ekstremizmga, giyohvandlik moddalari va qurollarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi maʼruzasi asosida) Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashtirilgan harbiy qismlarning shaxsiy tarkibi bilan seminar. II chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi maʼruzasi boʻyicha “Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashning asosiy omillari” mavzusida seminar. II chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 13. “Oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning salomatligini mustahkamlashga oid ishlarning ahvoli” mavzusida seminar. II chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 14. “Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunni takomillashtirish muammolari mavzusida ilmiy-amaliy seminar (Buxoro viloyatida). II chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 15. “Jamiyatni axborotlashtirish muammolari va shartlari” mavzusida seminar. II chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 16. “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari boʻyicha qonun loyihalarini tayyorlash texnikasi: xalqaro tajriba” mavzusida seminar (YevropEyd loyihasi bilan birgalikda). II chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari m�salalari qoʻmitasi 17. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalarga taalluqli masalalar boʻyicha seminar-treninglar. II-III chorak Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi 18. “Ipoteka toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish masalalari boʻyicha seminar. III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 19. “Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish masalalari” mavzusida seminar. III chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 20. “Keksa fuqarolar va nogironlarning ijtimoiy muhofazasini huquqiy jihatdan taʼminlash masalalari” mavzusida seminar. III chorak Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 21. “Narkotajovuz, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va separatizmga qarshi kurash” mavzusida seminar (Samarqand viloyatida). III chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 22. “Tezkor-qidiruv faoliyatining dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar (Toshkent shahrida). III chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 23. “Xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash — hozirgi davrning dolzarb vazifasi” mavzusida seminar mashgʻulotlari (Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida). III chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 24. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturining oliy oʻquv yurtlarida oʻrganilishini takomillashtirish” mavzusida seminar. III chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 25. “Sihat-salomatlik yili” davlat dasturini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki” mavzusida seminar. III chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 26. Davlat budjetining gʻazna ijrosiga tayyorgarlik masalalari boʻyicha seminar. IV chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 27. “Yer resurslarini boshqarishda huquqiy va iqtisodiy uslublarni rivojlantirish” mavzusida seminar. IV chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 28. “Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻrni va ahamiyati” mavzusida seminar. IV chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 29. “Mustaqil televideniye va radio: til, maʼnaviyat va madaniyat” mavzusida seminar. IV chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi III. 3. Davra suhbatlari 1. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati. I chorak Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi 2. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi bilan ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi hamkorlik masalalari” mavzusida davra suhbati. I chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 3. “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va banklar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada erkinlashtirish” mavzusida davra suhbati. II chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 4. “Bozor iqtisodiyoti sharoitida Davlat budjetini shakllantirish va uning gʻazna ijrosiga tayyorgarlik koʻrish masalalari” mavzusida davra suhbati. II chorak Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 5. “Onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilishning huquqiy asoslari” mavzusida davra suhbati. II chorak ?ehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi 6. “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini qonunchilik jihatidan taʼminlash masalalari” mavzusida davra suhbati. II chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 7. “Dastlabki tergov va sudga qadar ish yuritish jarayonlari ustidan sud nazoratini kuchaytirish muammolari” mavzusida davra suhbati. III chorak Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 8. “Kommunal sohani isloh qilishda tarif siyosatidagi muammolar va ularni hal etish yoʻllari” mavzusida davra suhbati. III chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 9. Xalqaro Ozon qatlamini muhofaza qilish kuniga bagʻishlangan davra suhbati (Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda). III chorak Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 10. “Sogʻliqni saqlash masalalari va muammolarining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi” mavzusida davra suhbati. III chorak Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi 11. “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlarning dolzarb jihatlari” mavzusida davra suhbati. IV chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 12. “Xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning huquqiy asoslari” mavzusida davra suhbati (Jizzax viloyatida). IV chorak Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 13. “Sanoat korxonalarini kreditlash muammolari. Kreditlash siyosatining ishlab chiqarishni rivojlantirishga taʼsirini kuchaytirishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yoʻll�ri” mavzusida davra suhbati. IV chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 14. “Sanoat korxonalaridagi oʻzaro toʻlovlarni toʻlamaslik muammolari va ularni bartaraf qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yoʻllari” mavzusida davra suhbati. IV chorak Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi 15. “Kutubxonachilik ishini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati. IV chorak Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
