Toshkent shahrining Akmal Ikromov tumani nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida (42-I-son)
30.03.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahrining Akmal Ikromov tumani nomini Uchtepa deb oʻzgartirish toʻgʻrisidagi iltimosi qondirilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-mart,
42-I-son
