“Davlatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini faol rivojlantirish sharoitida hokimiyatning ijro etuvchi tarmogʻi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazorati: Oʻzbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy seminarni tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasi toʻgʻrisida (358-II-son)
19.08.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuviga muvofiq, joriy yilning uchinchi choragida Samarqand shahrida “Davlatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini faol rivojlantirish sharoitida hokimiyatning ijro etuvchi tarmogʻi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazorati: Oʻzbekiston tajribasi” mavzuida xalqaro ilmiy-nazariy seminar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Milliy demokratik institut (AQSh), EXHT LK, K. Adenauer nomidagi jamgʻarma (GFR) mazkur muhim xalqaro tadbirning tashkilotchilaridir.
Yuqorida koʻrsatilgan xalqaro ilmiy-nazariy seminar chet ellik va milliy ekspertlarni jalb etgan holda tayyorlanishini hamda oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Ushbu tadbirni tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh (bundan buyon matnda Ishchi guruh deb yuritiladi) quyidagi tarkibda tuzilsin:
2. “Davlatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini faol rivojlantirish sharoitida hokimiyatning ijro etuvchi tarmogʻi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazorati: Oʻzbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy seminarni tayyorlash va oʻtkazish borasidagi tadbirlar rejasi (bundan buyon matnda Tadbirlar rejasi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tadbirlar rejasini Ishchi guruh aʼzolari mazkur Tadbirlar rejasida belgilangan muddatlarda qatʼiy bajarilishini taʼminlasin.
4. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U.N. Muxammadiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari M.A. Radjabova, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Rahbari A.K. Irkaxodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining Rahbari A.N. Saʼdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2011-yil 19-avgust,
358-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-avgust,
205-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2011-yil 19-avgustdagi № 358-II/205-II-sonli Qoʻshma qaroriga ILOVA
“Davlatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini faol rivojlantirish sharoitida hokimiyatning ijro etuvchi tarmogʻi faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazorati: Oʻzbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy seminarni tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha tadbirlar
REJASI
T/r Tadbir Muddati Masʼullar Izoh 1. Tadbir oʻtkaziladigan sanani belgilash 2011-y. avgust U. Muxammadiyev, M. Radjabova Taxminiy muddat: 2011-y., 29-30-sentabr 2. Tadbir oʻtkaziladigan joyni belgilash 2011-y. avgust U. Muxammadiyev, M. Radjabova Tadbir oʻtkaziladigan joy variantini muhokama qilish: Samarqand shahridagi “Registan Plaza”ning majlislar zali; boshqa joy 3. Muzokaralar olib borish, xalqaro tashkilotchilar (Milliy demokratik institut (AQSh), EXHT LK, K.Adenauer nomidagi jamgʻarma (GFR) tomonidan birgalikda moliyalash masalalarini ishlab chiqish 2011-y. 22-avgustgacha F. Abduraxmanov Tashkiliy masalalarni hal qilishda birgalikdagi xalqaro tashkilotchilar ishtirok etishining turli variantlarini muhokama qilish 4. Xalqaro va milliy ishtirokchilarning, shu jumladan moderatorlar, maʼruzachilarning taxminiy tarkibini belgilash 2011-y. avgust U. Muxammadiyev, M. Radjabova Ishtirokchilarning taxminiy soni — 50 nafar, shu jumladan 5-6 nafar chet ellik ekspert va xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonalari vakillari 5. Hujjatlar paketini: ilmiy-nazariy seminar Konsepsiyasining, Dasturining loyihasini tayyorlash 2011-y. avgust U. Muxammadiyev, M. Radjabova, FJShMM, SMTI Kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga topshirish 6. Tadbirning chet ellik ishtirokchilarini tanlashda koʻmaklashish boʻyicha xat tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuborish 2011-y. avgust F. Abduraxmanov Yevroparlament aʼzolarini taklif etish variantlarini ishlab chiqish (Bryussel sh., Belgiya) 7. Quyidagi pozitsiyalarni oʻzida qamrab oluvchi taklifnoma matnini (chet tilida) tayyorlash: seminarning maqsad va vazifalari, tematik yoʻnalishlar hamda shuʼbalar boʻyicha majlislarning mavzulari 2011-y. 25-avgustgacha F. Abduraxmanov, FJShMM Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga topshirish uchun 8. Chet ellik ishtirokchilarning yashash joyini belgilash 2011-y. 22-avgustgacha A. Irkaxodjayev, A. Saʼdullayev, M. Soipov, F. Matkarimov 9. Chet ellik ishtirokchilarga transport xizmatlarini koʻrsatish masalasini ishlab chiqish 2011-y. avgust A. Irkaxodjayev, A. Saʼdullayev, M. Soipov, F. Matkarimov Masʼul shaxslarni, kuzatuvchi shaxslar tarkibini belgilash, kutib olish va kuzatish grafigini tuzish 10. Chet ellik ishtirokchilarni viza olishda qoʻllab-quvvatlash masalalarini ishlab chiqish 2011-y. avgust-sentyabr F. Abduraxmanov, OʻzR TIV Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birga 11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Farmoyishi loyihasini tayyorlash va uni kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligiga yoʻllash 2011-y. avgust A. Irkaxodjayev, A. Saʼdullayev, F. Abduraxmanov, M. Soipov, F. Matkarimov, FJShMM, OʻzR Moliya vazirligi, TIV Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar va Moliya vazirliklari bilan birga 12. Maʼruzalar va tezislarni tayyorlash 2011-y. avgust-sentyabr A. Saidov, S. Artikova, FJShMM, SMTI 13. Xalqaro ilmiy-nazariy seminarning chet ellik ishtirokchilariga taklifnomalar yuborish 2011-y. avgust F. Abduraxmanov, OʻzR TIV Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali rasmiy ravishda 14. Tadbirning chet ellik ishtirokchilaridan maʼruzalarning matnlarini soʻrab olish hamda ularning tarjimasini taʼminlash 2011-y. 10-sentabrgacha F. Abduraxmanov, OʻzR TIV Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali rasmiy ravishda 15. Tadbirning milliy ishtirokchilariga taklifnomalar tayyorlash va yuborish 2011-y. 20-sentabrgacha A. Saidov, S. Artikova, FJShMM Tegishli tashkilotlarga xatlar tayyorlanishi va yuborilishini taʼminlash 16. Tadbirning milliy ishtirokchilaridan maʼruzalarning matnlarini soʻrab olish 2011-y. 10-sentabrgacha U. Muxammadiyev, M. Radjabova, FJShMM, SMTI, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti 17. Tarqatiladigan materialni tayyorlash. Bannerlar, buklamalar, yigʻmajildlarning dizayn bezagini ishlab chiqish 2011-y. sentyabr A. Saidov, S. Artikova, M. Soipov, F. Matkarimov Milliy va chet ellik ishtirokchilar uchun tarqatiladigan materiallar, buklamalarning mazmuni 18. Tarqatiladigan materiallarni, buklamalarni chop etish, milliy va chet ellik ishtirokchilar uchun beydjiklar, furshetkalar, yigʻmajildlar tayyorlash 2011 y. 20-sentabrgacha A. Irkaxodjayev, A. Saʼdullayev, M. Soipov, F. Matkarimov 19. Kofe-breyk, tushlik va qabul tashkil etish 2011-y. 28 — 30-sentabr Samarqand viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) 20. 28 — 30-sentabrda Toshkent shahridan Samarqand shahriga va Samarqand shahridan Toshkent shahriga transportda borib-kelish masalalarini ishlab chiqish 2011-y. sentyabr “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK yoki “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Barcha (chet ellik va milliy) ishtirokchilarning 28-sentabrda Toshkent shahridan Samarqa�d shahriga hamda 30-sentabrda Samarqand shahridan Toshkent shahriga yetib kelishi va joʻnab ketishi masalalarini oldindan ishlab chiqish, transport turini aniqlash 21. Tadbirning press-relizini tayyorlash 2011-y. avgust O. Usarov, M. Isomov, FJShMM, SMTI 22. Ushbu tadbirni ommaviy axborot vositalarida yoritish masalalarini tayyorlash 2011-y. sentyabr O. Usarov, M. Isomov, FJShMM, SMTI 23. Tadbirning oʻtkazilishini texnikaviy taʼminlash masalalarini tayyorlash 2011-y. sentyabr Samarqand viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) Noutbuk, proyektor, sinxron tarjima uskunalari va tarjimonlar uchun xonalar 24. Yakunlovchi hujjat loyihasini tayyorlash 2011-y. sentyabr U. Muxammadiyev, M. Radjabova, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, FJShMM, SMTI Xalqaro ilmiy-nazariy seminarning yakunlari boʻyicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish
