Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bilan birgalikda 2014-yilda Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirish (ishchi rayosati) jadvali toʻgʻrisida (826-II-son)
13.01.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 62-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bilan birgalikda 2014-yilda Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirish (ishchi rayosati) jadvali tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2013-yil 9-yanvardagi 595-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 1, 19-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2014-yil 13-yanvar,
826-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2014-yil 13-yanvardagi 826-II-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bilan birgalikda 2014-yilda Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirish (ishchi Rayosati)
JADVALI
T/r Oy Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari 1. Yanvar Fevral Tursunov S.T. Vafoyev U.N. 2. Mart Aprel Muhammadiyev U.N. Alixonov B.B. 3. May Iyun Yoqubov B.S. Tursunov S.T. 4. Iyul Avgust Vafoyev U.N. Muhammadiyev U.N. 5. Sentyabr Oktyabr Alixonov B.B. Yoqubov B.S. 6. Noyabr Dekabr Tursunov S.T. Vafoyev U.N.
Izoh: jadvalda koʻrsatilgan Spiker oʻrinbosarlaridan biri hozir boʻlmaganda (xizmat safari, betoblik, mehnat taʼtili va boshqa shu kabilar), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri ishchi Rayosatining ish jadvaliga oʻzgarishlar kiritishi mumkin.
