Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (SQ-41-III-son)
16.05.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2015-yil 4-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi;
2015-yil 4-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2015-yil 4-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi;
2015-yil 4-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi;
2015-yil 18-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2015-yil 22-yanvarda Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida soʻzlagan nutqida hamda 2015-yil 23-yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzalarida belgilab berilgan vazifalar toʻgʻrisida”gi;
2015-yil 14-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarori 3-ilovasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;
2015-yil 20-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2015-yil 20-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2015-yil 13-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi;
2015-yil 14-mayda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi I.B.Abdullayev toʻgʻrisida”gi.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-may,
SQ-41-III-son
