Oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-2438-son)
23.11.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mamlakatimizda Oʻzbekiston sharafini jahon sport maydonlari — Olimpiya va Osiyo oʻyinlarida, jahon va Osiyo chempionatlarida, boshqa xalqaro musobaqalarda munosib himoya qilishga qodir boʻlgan xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash boʻyicha samarali tizimni yaratish, buning uchun xalqaro standartlarga javob beradigan, zamonaviy sport uskunalari bilan jihozlangan oʻquv-mashq bazalarini shakllantirish, sportchilarni tayyorlash jarayoniga eng yangi ilmiy-metodik texnologiyalarni egallagan yuqori malakali murabbiy-oʻqituvchi kadrlarni keng jalb qilish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining 2016 — 2020-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida 14 ta oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oliy mahorat sport maktablari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnik hamda oʻquv-mashgʻulot bazalarini yaratish va turli darajadagi xalqaro musobaqalarda — jahon va Osiyo chempionatlari, Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Universiadalar hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda Oʻzbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlashda ushbu bazalardan samarali foydalanish;
xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni — murabbiylar, psixologlar va uslubchilarni, shu jumladan xorijiy davlatlardan yetakchi mutaxassislarni keng jalb etish orqali oliy mahorat sport maktablari murabbiy-oʻqituvchilari tarkibini mustahkamlash;
sportchilarning oʻquv-mashgʻulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, oʻquv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan ularni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
yosh istiqbolli sportchilarni tanlab olish va tarbiyalash masalalari boʻyicha sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish, ularga oʻquv-uslubiy hamda meʼyoriy-axborot yordami koʻrsatishni taʼminlash;
oliy mahorat sport maktablari bazasida milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida oʻquv-mashq yigʻinlari, respublika va mintaqaviy sport bellashuvlarini tashkil etish va muntazam ravishda oʻtkazib borish, murabbiylar hamda sportchilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish maqsadida xorijiy sport maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
3. Quyidagilar:
2016 — 2020-yillarda respublika mintaqalarida tashkil etiladigan oliy mahorat sport maktablari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
sport turlari boʻyicha tasdiqlangan ixtisoslashuvni hisobga olgan holda oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish tadbirlari rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qurilish vazirligi loyihalash tashkilotlari oʻrtasida tanlov oʻtkazsin va mazkur qarorning 1-ilovasida tasdiqlangan qurilish muddatlariga muvofiq sport turlari boʻyicha ixtisoslashuvni hamda joylashtirishning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda oliy mahorat sport maktablarining aniq loyihalarini tayyorlasin. Bunda, shunga oʻxshash obyektlar qurib boʻlingan xorijiy mamlakatlarning tajribasi albatta oʻrganib chiqilsin.
5. Belgilansinki,
oliy mahorat sport maktablari yuridik shaxs maqomiga ega sport-taʼlim muassasalari hisoblanadi hamda oʻz faoliyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligiga hisobot beradi, ularning ixtisoslashuvi esa mintaqalarda shakllangan sport maktablari va anʼanalari, murabbiy-oʻqituvchilar tarkibi hamda erishilgan sport yutuqlari bilan belgilanadi;
oliy mahorat sport maktablarining kontingentini sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarning asosiy tarkibi va ularning zaxiradagi sportchilari tashkil etadi, ular bepul yashab, toʻrt mahal ovqat, shuningdek sport formasi va anjomlari bilan taʼminlanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan maʼqullangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida, 2016-yildan boshlab, oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish boʻyicha tadbirlar Rejasida nazarda tutilgan loyihalashtirish, qurish va boshqa xarajatlarga ketadigan zarur moliyaviy mablagʻlarni topsin;
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini tasdiqlashda, mazkur qarorga muvofiq, oliy mahorat sport maktablari qurilishi, joriy taʼminoti va ularni jihozlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni moliyalashtirish uchun budjet mablagʻlari maqsadli ajratilishini nazarda tutsin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yilning 1-yanvarigacha mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan oliy mahorat sport maktablarini qura boshlash muddatlariga muvofiq ularni qurish uchun yer maydonlarini ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan oliy mahorat sport maktablari foydalanishga topshirilganidan soʻng bir oy muddatda ularning tuzilmasini tasdiqlashni, jumladan, yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ularni yuqori malakali murabbiy-oʻqituvchilar tarkibi bilan toʻldirishni, sport maktablarining ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda oʻquv-mashq xonalarini zarur moddiy-texnik baza bilan, shuningdek tegishli oʻquv-uslubiy adabiyotlar hamda oʻquv-mashq dasturlari bilan taʼminlasin.
9. Sport turlari boʻyicha federatsiyalarga (uyushmalarga):
oliy mahorat sport maktablarining oʻquv-mashq jarayonini takomillashtirishda tizimli asosda tashkiliy-kadrlar va oʻquv-uslubiy yordam koʻrsatish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, yuqori malakali murabbiy-oʻqituvchilar tarkibi bilan taʼminlashda, xalqaro sport hamkorligini rivojlantirishda, musobaqalar va oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazishda koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro sport tashkilotlari murabbiylarini oʻqitish dasturlaridan foydalangan holda oliy mahorat sport maktablarining murabbiylari uchun oʻquv seminarlari va mahorat darslarini tashkil etish, shuningdek oʻquv-mashgʻulot jarayoniga sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)ning kadrlari va ilmiy-uslubiy salohiyatini jalb etish tavsiya qilinsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin, qarorda oliy mahorat sport maktablari toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek sport maktablari sportchilarini yashash jihozlari, ovqatlanish, sport formasi va anjomlari bilan taʼminlash meʼyorlarini, moliyalashtirish manbalarini tasdiqlash nazarda tutilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 23-noyabr,
PQ-2438-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-noyabrdagi PQ-2438-son qaroriga 1-ILOVA
2016 — 2020-yillarda tashkil etiladigan oliy mahorat sport maktablari
ROʻYXATI
T/r Oliy mahorat sport maktablarining nomlanishi Sport turlari boʻyicha ixtisosligi Qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib borish davri Sport maktablari bilan tashkiliy-kadrlar, oʻquv-uslubiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalarida oʻzaro hamkorlik qiluvchi sport turlari boʻyicha federatsiyalar va assotsiatsiyalar 1. Nukus oliy mahorat sport maktabi Sport kurashi 2018-2019 yillar Oʻzbekiston sport kurashi assotsiatsiyasi 2. Andijon oliy mahorat sport maktabi Boks 2016-2017 yillar Oʻzbekiston boks federatsiyasi 3. Buxoro oliy mahorat sport maktabi Gimnastika 2017-2018 yillar Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi 4. Jizzax oliy mahorat sport maktabi Boks 2018-2019 yillar Oʻzbekiston boks federatsiyasi 5. Qarshi oliy mahorat sport maktabi Dzyudo 2017-2018 yillar Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi 6. Navoiy oliy mahorat sport maktabi Suv sport turlari 2018-2019 yillar Oʻzbekiston suzish federatsiyasi 7. Namangan oliy mahorat sport maktabi Velosport (shosse, trek) 2018 — 2020 yillar Oʻzbekiston velosport federatsiyasi 8. Samarqand oliy mahorat sport maktabi Yengil atletika 2016-2017 yillar Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi 9. Termiz oliy mahorat sport maktabi Yakka kurash sporti 2019-2020 yillar Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi, Kurash federatsiyasi 10. Guliston oliy mahorat sport maktabi Tennis, stol tennisi 2017-2018 yillar Oʻzbekiston tennis federatsiyasi, Stol tennisi federatsiyasi 11. Toshkent viloyati oliy mahorat sport maktabi Oʻq otish sporti 2017 — 2019 yillar Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi 12. Fargʻona oliy mahorat sport maktabi Taekvondo WTF 2019-2020 yillar Oʻzbekiston taekvondo WTF federatsiyasi 13. Urganch oliy mahorat sport maktabi Ogʻir atletika 2019-2020 yillar Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi 14. Toshkent shahar oliy mahorat sport maktabi Sportning oʻyin turlari 2016 — 2018 yillar Oʻzbekiston basketbol fyederatsiyasi, Voleybol fyederatsiyasi, Gandbolfyederatsiyasi, Tennis federatsiyasi, Stol tennisi federatsiyasi, Chim ustida xokkey federatsiyasi, Badminton fyederatsiyasi, Shaxmat federatsiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-noyabrdagi PQ-2438-son qaroriga 2-ILOVA
Oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish tadbirlari
REJASI
I. XALQARO DARAJASIDAGI SPORT USTALARINI TAYYORLASH UCHUN ZARUR SHART-SHAROITLAR YARATISH, SHU BILAN BIRGA OʻQUV-MASHQ JARAYONINI XALQARO STANDARTLAR DARAJASIDA TASHKIL ETISH UCHUN ZAMONAVIY MODDIY-TEXNIKA VA IJTIMOIY-MAISHIY BAZA, SPORT ANJOMLARI, INVENTARLAR VA EKIPIROVKALAR BILAN TAʼMINLASH 1. Vazirlar Mahkamasining oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilish va unda quyidagilarni nazarda tutish: oliy mahorat sport maktablarining vazifa va funksiyalarini belgilovchi Nizomni, sportchilarni oʻqishga qabul qilish uchun saralash tanlovlari oʻtkazish, oʻquv-mashq jarayonini tashkillashtirish, sportchilar va murabbiylar tarkibi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalar va oʻsmirlar sport maktablari hamda ixtisoslashgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibini tasdiqlash; sportchilarni yashash jihozlari, sport ekipirovkalari va maxsus formalar bilan taʼminlash meʼyorlarini tasdiqlash; Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari bilan oʻquv-mashq jarayonini takomillashtirishda, moddiy-texnika bazani mustahkamlashda, yuqori malakali murabbiy-oʻqituvchilar tarkibi bilan taʼminlashda, musobaqalar va oʻquv mashgʻulotlar yigʻinlarini oʻtkazishda tashkiliy-kadrlar va uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish tartibi. bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) 2. Loyihalash tashkilotlari orasida oliy mahorat sport maktablarining, ularning sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilishini va joylashtirishning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda aniq loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha tanlov oʻtkazish. 2016-yil I chorak Davarxitektqurilish, Madaniyat va sport vazirligi 3. Oliy mahorat sport maktablarini sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilishini va joylashtirishning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda mazkur qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan qurilish muddatlarini inobatga olgan holda aniq loyihalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. qurilishning tasdiqlangan muddatlariga muvofiq har yili Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) 4. Har yili tasdiqlanadigan manzilli roʻyxatlarga muvofiq oliy mahorat sport maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish parametrlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni olib borish va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tegishli maʼlumotni kiritib borish. doimiy Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari 5. Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarining hududiy rejalari; hududiy oliy mahorat sport maktablariga ixtisoslashtiriladigan sport turlarini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish. 2016-yil I chorak Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi 6. Oliy mahorat sport maktablarini xalqaro talablarga javob beradigan yangi sport uskunalari, anjomlar va ekipirovkalar bilan jihozlash. har yili Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) II. ILGʻOR XALQARO TAJRIBANI INOBATGA OLGAN HOLDA OʻQUV-MASHGʻULOT JARAYONLARIGA ENG YANGI ILMIY-USLUBIY TEXNOLOGIYALAR VA TAVSIYALARNI TATBIQ ETISH ORQALI SPORTCHILARNI NAZARIY VA TEXNIK-TAKTIK TAYYORLASH SIFATINI OSHIRISH, SHU ASOSDA MILLIY TERMA JAMOALARNING YUQORI DARAJADAGI TAYYORGARLIGINI TAʼMINLASH 7. Xalqaro tajribani puxta oʻrgangan va uni oqilona qoʻllagan holda eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalar va tavsiyalarni tatbiq etish asosida oʻquv-mashgʻulot jarayonlarini takomillashtirish uchun oʻquv dasturlarining namunaviy rejalari va xalqaro darajadagi sport ustalarini tayyorlashning individual rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2016-yil I chorak Madaniyat va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar), Sogʻliqni saqlash vazirligi 8. Oliy mahorat sport maktablarida oʻquv-mashq jarayoni texnologiyalarini takomillashtirish uchun ilmiy-uslubiy adabiyotlar, qoʻllanmalar, tavsiyalar va koʻrgazmali materiallarni ishlab chiqish va nashr etish. ishlab chiqish — 2016-yil I chorak, nashr etish — doimiy Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi 9. Yuqori darajadagi sportchilarni tayyorlash boʻyicha xorij tajribasini oʻrganish uchun ishchi guruhlarni tuzish va sport sohasida ilgʻor boʻlgan Xitoy, Koreya, Germaniya va boshqa xorijiy davlatlarga xizmat safarlari-stajirovkalarni tashkil qilish va shu asosda oliy mahorat sport maktablarida oʻquv-mashq jarayonini tashkil etish va milliy terma jamoalarni tayyorlashni tubdan yaxshilash boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish. Ishchi guruh tomonidan tayyorlangan tavsiyalarni oliy mahorat sport maktablarining oʻquv-mashq jarayoniga hamda terma jamoalarni sport turlari boʻyicha tayyorlash dasturiga keng tatbiq etish. 2016-yil 1-yanvargacha 2016-yil davomida Madaniyat va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) 10. Oliy mahorat sport maktablari sportchilarini tayyorlash sifati ustidan muntazam monitoring olib borish. Zarur hollarda ularni tayyorlashdagi oʻquv-mashq jarayoniga tegishli tuzatishlar kiritish. doimiy Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi 11. Oʻquv-mashq jarayonini uzluksiz tibbiy-biologik va sport-psixologik jihatidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, bunda: oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va musobaqalarini tibbiy va farmakologik kuzatuvrejalarini tasdiqlash (shu jumladan oʻzida tibbiy va laboratoriya tekshiruvlarini, tibbiy asbob-uskuna va boshqalar bilan yangilash va toʻliq toʻldirish jadvali); tibbiy koʻrik natijalariga koʻra sportchilarning funksional holatini monitoring qilish va tuzatishlar kiritish mexanizmi, profilaktika, jarohatdan keyingi davolash va reabilitatsiya, ovqatlanish va dam olish rejimini nazarda tutish. ishlab chiqish va tasdiqlash — 2016-yil 1-fevralgacha. amalga oshirish — doimiy Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 12. Olimpiya zaxiralari kollejlari oʻquvchilarining bir kunlik ovqatlanish normasining oshirilgan koeffitsiyentini inobatga olgan holda sportchilarning ovqatlanish ratsioni va normalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, oliy mahorat sport maktablarini zarur dori vositalari va vitaminlar bilan taʼminlash. 2016-yil I chorak Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport vazirligi, Moliya vazirligi 13. Oliy mahorat sport maktablari sportchilarining asosiy tarkibi va terma jamoa zaxiralarini chuqur tibbiy koʻrikdan (yilda kamida ikki marta) oʻtkazishni tashkil etish va Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi va hududiy vrachlik jismoniy tarbiya dispanserlarida profilaktik sogʻlomlashtirish, farmakologik jihatdan taʼminlagan holda davolash va jarohatdan keyingi reabilitatsiya qilish. doimiy Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi III. SPORT MAKTABLARI, OLIMPIYA VA PARALIMPIYA SPORT TURLARIGA TAYYORLASH MARKAZLARI BILAN ISTIQBOLLI SPORTCHILARNI TANLAB OLISH MASALALARIDA OʻZARO HAMKORLIK QILISH, OLIY MAHORAT SPORT MAKTABLARIGA YUQORI MALAKALI TRENER-OʻQITUVCHILAR TARKIBINI, SHU JUMLADAN YETAKCHI XORIJ MUTAXASSISLARINI JALB QILISH 14. Oliy mahorat sport maktablari tuzilmasini ularning sport turlari boʻyicha ixtisosligi hamda sportchilar kontingentini hisobga olgan holda tasdiqlash. sport maktablari ishga tushganidan soʻng bir oy muddatda Sportni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi 15. Oliy mahorat sport maktablarida tayyorlash uchun bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida, ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar maktablarida, olimpiya zaxiralari kollejlarida shugʻullanayotgan iqtidorli va istiqbolli yoshlar orasidan sportchilar zaxirasini shakllantirish mexanizmini tizimli ravishda tashkil etish. doimiy Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 16. Hududiy oliy mahorat sport maktablari faoliyatiga jalb qilish uchun bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlariningyuqori malakali va tajribali trener-oʻqituvchilarini samarali va xolis saralashning mexanizmini joriy etish. bir oy muddatda, amalga oshirish — doimiy Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) 17. Oliy mahorat sport maktablarini yetakchi xorij mutaxassislarini jalb qilgan holda yuqori malakali trener-oʻqituvchilar tarkibi bilan toʻldirish. sport maktablarining ishga tushish muddatida Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) 18. Trenerlar va sportchilarning professional darajasini oshirish uchun oliy mahorat sport maktablarining xorijdagi sport maktablari, klublari va markazlari bilan tajriba almashish boʻyicha hamkorligini rivojlantirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. tasdiqlash — 2015-yilning IV — choragi amalga oshirish— doimiy Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) 19. Yuqori darajadagi sportchilarni tayyorlash tajribasini oʻrganish uchun oliy mahorat sport maktablari trener-oʻqituvchilari tarkibini xorijiy sport maktablari, klublari va markazlarida stajirovkadan oʻtkazish. doimiy Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) 20. Oliy mahorat sport maktablarining oʻquv-mashgʻulot jarayonida ishtirok etish va maslahat berish hamda terma jamoalarni sport turlari boʻyicha tayyorlash uchun yetakchi chet el mutaxassislarini jalb qilish. doimiy Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi IV. MILLIY TERMA JAMOALARI VA ZAXIRALARINING RESPUBLIKA VA HUDUDIY MUSOBAQALARI, OʻQUV-MASHGʻULOT YIGʻILISHLARI, SHUNINGDEK, RESPUBLIKANING YETAKCHI SPORTCHILARI — OLIMPIYA VA OSIYO OʻYINLARI, CHEMPIONATLARI HAMDA JAHON KUBOKLARI SOVRINDORLARI ISHTIROKIDA MAHORAT DARSLARINI TASHKIL ETISH VA OʻTKAZISH 21. Oʻquv-mashgʻulot mashqlarini muntazam oʻtkazib borish orqali oliy mahorat sport maktablarida sport turlari boʻyicha Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Osiyo va jahon chempionatlari hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorlashning uzluksiz jarayonini tashkil etish. doimiy Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 22. Hududiy oliy mahorat sport maktablarida xalqaro, respublika va hududiy sport musobaqalarini oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. ishlab chiqish va tasdiqlash — har yili, amalga oshirish 2016 — 2020-yillar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari 23. Oliy mahorat sport maktablarida respublikaning yetakchi sportchilari — nufuzli xalqaro musobaqalar va turnirlar, shu jumladan Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo chempionatlari sovrindorlari ishtirokida mahorat darslarini oʻtkazish. doimiy Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)
