Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2014-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot haqida (SQ-35-III-son)
16.05.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2014-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-may,
SQ-35-III-son
