Tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (602-son)
30.09.2015
jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2008-y., 34-son, 333-modda) muvofiq, 2016-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun xodimlarning oʻrtacha soni 20 nafardan koʻpni tashkil etadigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda — tashkilot deb ataladi) 2016-yil uchun 3 foizdan 7 foizgacha miqdorida jami 91 ta ish oʻrinlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Shu jumladan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — 3 foiz (16 kishi);
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari uchun — 7 foiz (29 kishi);
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — 7 foiz (7 kishi);
nogironlar uchun — 3 foiz (8 kishi);
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — 3 foiz (5 kishi);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — 7 foiz (7 kishi);
kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun — 3 foiz (13 kishi);
atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun — 3 foiz (3 kishi);
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun — 3 foiz (3 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi band qilinsin.
2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi taʼminlansin, xususan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari.
3. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrni ilgari ushbu ish oʻrnini egallab kelgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi toʻxtatilishi munosabati bilan boʻshab qolganda bu haqda tashkilot 10 kun muddatda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazini yangidan ochilgan boʻsh ish oʻrni toʻgʻrisida xabardor etishi belgilansin.
4. Tashkilot rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini belgilangan soni hisobida yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay 25 (yigirma besh) foiz, qolgan qismini band qilib qoʻyishni kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasinlar.
Tashkilotlar har chorakda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga ushbu qarorning ilovasida koʻrsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot taqdim etsinlar.
5. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima solinadi.
Belgilab qoʻyilsinki, mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmaganlik uchun jarimani toʻlaganlik tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmaydi.
6. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilgan taqdirda sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilansin.
7. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (N. Oʻsarov) bir hafta muddatda ushbu qarorni ilovada koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni olib borsin.
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Rayimqulov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. BOBOBEKOV
Mirzachoʻl t.,
2015-yil 30-sentabr,
602-son
Tuman hokimining 2015-yil 30-sentabrdagi 602-sonli qaroriga ILOVA
Mirzachoʻl tumani boʻyicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan (kvotalangan) ish oʻrinlari boʻyicha 2016-yilga belgilangan
TOPShIRIQ
T/r Korxona, tashkilot va muassasalar nomi Tuman statistika boʻlimining maʼlumotiga koʻra korxonada ishlovchilar soni (shtat jadvaliga asosan) 1.09.2015-yil holatiga roʻyxat boʻyicha ishlovchilar soni 70 nafardan yuqori boʻlgan tashkilotlar 1.09.2015-yil holatiga roʻyxat boʻyicha ishlovchilar soni Belgilangan kvota rejasi 3% Belgilangan kvota rejasi 7% Jami belgilangan kvota ish oʻrinlari Shundan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish oʻrinlari toifalari boʻyicha yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun Nogironlar uchun Pensiya yoshiga yaqinlab qolgan shaxslar uchun jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun Kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar uchun Odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 1. Mirzachoʻl tumani tibbiyot birlashmasi 288 1 288 20 20 3 9 1 1 1 3 1 1 2. Mirzachoʻl tumani qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 81 1 81 4 4 1 1 1 1 3. Mirzachoʻl Agro-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 78 1 78 4 4 1 1 1 1 4. “MIRZACNULDAVSUVMAXSUS PUDRAT” Davlat unitar korxonasi 79 1 79 4 4 2 1 1 5. Arnasoy suv omboridan foydalanish boshqarmasi 74 1 79 4 4 1 1 1 1 6. Mirzachoʻl tumani 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 79 1 74 4 4 1 1 1 1 7. Mirzachoʻl tumani Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi 39 39 1 1 2 1 1 8. Mirzachoʻl tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi 22 22 1 1 1 9. Mirzachoʻl tumani veterinariya boʻlimi 28 28 1 1 1 10. Mirzachoʻl tumani Davlat soliq inspeksiyasi 28 28 1 1 1 11. Mirzachoʻl tumani Paxtazor qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji 43 43 1 1 1 12. Jizzax viloyati Reabilitatsiya qilish shifoxonasi 23 23 1 1 1 13. Mirzachoʻl tumani 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 34 34 1 1 1 14. Mirzachoʻl tumani 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 52 52 2 2 1 1 15. Mirzachoʻl tumani 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 48 48 1 1 1 16. Mirzachoʻl tumani 2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 38 38 1 1 1 17. Mirzachoʻl tumani 13-bolalar musiqa va sanʼat maktabi 23 23 1 1 1 18. Mirzachoʻl tumani 3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 53 53 2 2 1 1 19. Mirzachoʻl tumani 4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 33 33 1 1 1 20. Mirzachoʻl tumani 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 56 56 2 2 1 1 21. Mirzachoʻl tumani 8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 52 52 2 2 1 1 22. Mirzachoʻl tumani 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 50 50 2 2 1 1 23. Mirzachoʻl tumani 10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 49 49 1 1 1 24. Mirzachoʻl tumani 12-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 44 44 1 1 1 25. Mirzachoʻl tumani 13-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 38 38 1 1 1 26. Mirzachoʻl tumani 14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 33 33 1 1 1 27. Mirzachoʻl tumani 15-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 30 30 1 1 1 28. Mirzachoʻl tumani 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 22 22 1 1 1 29. Mirzachoʻl tumani 17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 43 43 1 1 1 30. Mirzachoʻl tumani 19-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 40 40 1 1 1 31. Mirzachoʻl tumani 20-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab internati 30 30 1 1 1 32. Mirzachoʻl tumani “Uchqun” 1-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 26 26 1 1 1 33. Mirzachoʻl tumani “Nihol” 3-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 23 23 1 1 1 34. Mirzachoʻl tumani “Navruz” 13-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 22 22 1 1 1 35. Mirzachoʻl tumani “Shirintoy” 4-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 22 22 1 1 1 36. Mirzachoʻl tumani “Binafsha” 2-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 20 20 1 1 1 37. Mirzachoʻl tumani “Dilnoza” 9-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 24 24 1 1 1 38. Mirzachoʻl tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimiga qarashli Barkamol avlod bolalar markazi 24 24 1 1 1 39. Mirzachoʻl tumani hokimligi “OBODONLASNTIRISN BOSNQARMASI” 68 68 1 1 2 2 40. “Doʻstlikneftebaza” unitar korxonasining “IRJARNEFTEBAZA” filiali 61 61 1 1 2 2 41. Doʻstlik PTK Irjar filiali 68 68 2 2 2 42. Mirzachoʻl tumani moliya boʻlimi 20 20 1 1 1 43. ATB “Mikrokreditbank” Mirzachoʻl filiali 34 34 1 1 1 44. TIF “Milliy bank” Mirzachoʻl filiali 34 34 1 1 1 45. ATB “Agro bank” Mirzachoʻl filiali 24 24 1 1 1 46. AT “Xalq banki” Mirzachoʻl filiali 33 33 1 1 1 47. “Qishloqxoʻjalikkimyo” tuman filiali 32 32 1 1 1 48. Tuman yoʻl xoʻjalik pudrat taʼmirlash foydalanish korxonasi 28 28 1 1 1 JAMI 2193 6 2193 48 43 91 16 29 7 8 5 7 13 3 3
