Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2436-4-son)
24.11.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 24-noyabrda 2436-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 5-bandiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3-02, 01-02/8-44-son qarori (roʻyxat raqami 2436, 2013-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2015-yil 12-noyabr,
105-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 12-noyabr,
99-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 12-noyabr,
2015/10-9-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 12-noyabr,
01-02/8-42-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 12-noyabrdagi 105, 99, 2015/10-9 i 01-02/8-42-son qarorlariga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Quyidagi tahrirdagi 711 —717 pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
711 8471 50 000 0 Telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetga ulanish uskunalari tarkibiga kiruvchi hisoblash mashinalari va maʼlumotlarni qayta ishlash bloklari, serverlar (vazni 10 kilogrammdan ortiq boʻlmagan personal kompyuterlar, portativ hisoblash mashinalari bundan mustasno) 712 8471 90 000 0 Telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetga ulanish uskunalari tarkibiga kiruvchi: hisoblash mashinalari va ularning bloklari; boshqa joyda nomi keltirilmagan yoki kiritilmagan magnit yoki optik oʻqish qurilmalari, maʼlumotlarni axborot tashuvchilariga kodlangan shaklda oʻtkazish mashinalari va shu turdagi axborotlarni qayta ishlash mashinalari (vazni 10 kilogrammdan ortiq boʻlmagan personal kompyuterlar, portativ his�blash mashinalari bundan mustasno) 713 8517 61 000 9 Tayanch stansiyalar 714 8517 62 000 1, 8517 62 000 9, (telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetga ulanish uskunalari, serverlar, antennalar) Kommutatsiya qurilmalari, marshrutizatorlar, simli yoki simsiz aloqa tarmoqlarida ulanish uchun shlyuzlar, (masalan, lokal yoki global aloqa tarmogʻida), tashuvchi chastotada simli aloqa tizimlari uchun yoki raqamli simli aloqa tizimlari uchun apparatura, raqamli uzatish tizimlari, multiplekslash, spektral zichlash uskunalari. (toʻgʻridan-toʻgʻri ulanishni tashkil etish uchun uskunalar; Nome Gateway uskunalari; DSLAM uskunalari; ADSL modemlari; oʻtkazuvchanlik qobiliyati 16 E1-GE gacha boʻlgan optik multipleksorlar bundan mustasno) 715 8517 70 190 0, 8517 70 900 1 (telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetga ulanish uskunalari, serverlar, antennalar) Tayanch stansiyalarning boshqa qismlari, boshqa antennalar va antenna qaytargichlari, 8517 62 000 1 kichik subpozitsiyasiga kiradigan hisoblash mashinalari qurilmalarining qismlari 716 8525 80 190 0 Televizion kameralar, raqamli kameralar va yozuvchi videokameralar 717 8529 10 950 0, 8529 10 800 0 Barcha turdagi antennalar va antenna qaytargichlari; ushbu jihozlar bilan birga foydalaniladigan boshqa qismlar, antenna filtrlari va ajratuvchi qurilmalar
