“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida (154-son)
31.03.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika kimyo sanoati korxonalarida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, yuqori sifatli, raqobatbardor mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Elektrokimyozavod” aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga kiruvchi korxonalar tarkibiga kiritilsin.
2. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-yanvardagi 33-son qaroriga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 31-mart,
154-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 31-martdagi 154-son qaroriga ILOVA
“Oʻzkimyosanoat” DAK tashkiliy tuzilmasi
