Hududiy davlat hokimiyati organlari boshqaruv tizimini takomillashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (149-son)
30.03.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, hududiy boshqaruv organlariga yuklangan funksional vazifalarning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek qishloq tumanlari hokimliklari tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qarori bilan belgilangan (7g-ilova) boshqaruv xodimlari soni doirasida 1-ilovaga muvofiq ayrim qishloq tumanlari hokimliklari tuzilmasiga hokimning birinchi oʻrinbosari — shahar hokimi qoʻshimcha lavozimi kiritilsin.
2. Qoʻrgʻontepa, Romiton, Zomin, Nishon, Sirdaryo, Xazorasp va Sariosiyo tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining 2-ilovaga muvofiq namunaviy tuzilmasi tasdiqlansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-mart,
149-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 149-son qaroriga 1-ILOVA
Boshqaruv apparati tuzilmasiga hokimning birinchi oʻrinbosari — shahar hokimi lavozimi kiritilayotgan qishloq tumanlari hokimliklari roʻyxati
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 149-son qaroriga 2-ILOVA
Qoʻrgʻontepa, Romiton, Zomin, Nishon, Sirdaryo, Xazorasp va Sariosiyo tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
