Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida (106-II-son)
29.08.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Budjet, bank va moliya masalalari qoʻmitasining takliflarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2000-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot maʼqullansin va u ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining uchinchi sessiyasi muhokamasiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 29-avgust,
106-II-son
