Ilich rayonining nomini Sharof Rashidov rayoni deb oʻzgartirish toʻgʻrisida (582-XII-son)
08.05.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qaror qiladi:
1. Sirdaryo viloyati hokimining iltimosi qondirilib, Ilich rayonining nomi Sharof Rashidov rayoni deb oʻzgartirilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 8-may,
582-XII-son
