Samarqand va Fargʻona viloyatlaridagi ayrim shahar va rayonlarning nomlari toʻgʻrisida (581-XII-son)
08.05.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
Samarqand va Fargʻona viloyatlari hokimlarining iltimosi qondirilib, Samarqand viloyatidagi Krasnogvardeysk shahrining Bulungʻur degan, Fargʻona viloyatidagi Kirov rayonining Beshariq, Leningrad rayonining Uchkoʻprik, Frunze rayonining Dangʻara degan tarixiy nomlari tiklansin;
Samarqand viloyatidagi Bolshevistik rayonining nomi Goʻzalkent rayoni, Sovetobod rayonining nomi esa Nurobod rayoni deb oʻzgartirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 8-may,
581-XII-son
