Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (77-I-son)
27.08.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2004-yil yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida” 2005-yil 23-avgustda qabul qilingan qarori;
“Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2004-yildagi va 2005-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati toʻgʻrisida” 2005-yil 23-avgustda qabul qilingan qarori.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F. MUHITDINOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 27-avgust,
77-I-son
