Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (233-II-son)
27.08.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2011-yil 12-avgustda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi F.Sh. Akbarova toʻgʻrisida”gi;
2011-yil 12-avgustda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi A.K. Rambergenov toʻgʻrisida”gi;
2011-yil 12-avgustda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi P.B. Imatov toʻgʻrisida”gi;
2011-yil 12-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2011-yil 12-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2011-yil 25-avgustda qabul qilingan “Ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi;
2011-yil 25-avgustda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi I.D. Botirov toʻgʻrisida”gi;
2011-yil 25-avgustda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi S.B. Xamroyev toʻgʻrisida”gi.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-avgust,
233-II-son
