AQSH qurolli kuchlari kontingentini “Xonobod” (Qarshi) aerodromidan olib chiqib ketish bilan bogʻliq masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Bayonoti toʻgʻrisida (63-I-son)
26.08.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
AQSH qurolli kuchlari kontingentini “Xonobod” (Qarshi) aerodromidan olib chiqib ketish bilan bogʻliq masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir guruh senatorlarining murojaatnomasini muhokama etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. AQSH qurolli kuchlari kontingentini “Xonobod” (Qarshi) aerodromidan olib chiqib ketish bilan bogʻliq masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Bayonoti qabul qilinsin.
2. Mazkur Bayonot “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida eʼlon qilinsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F. MUHITDINOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 26-avgust,
63-I-son
