Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-martda qabul qilingan “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-24-sonli Qarorini bajarish dasturining ayrim yoʻnalishlariga doir takliflarni amalga oshirish yuzasidan Oliy Majlis Senati qoʻmitalarining rejasi haqida (54-I-son)
21.07.2005
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalashning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qoʻshma majlisidagi maʼruzasida belgilab berilgan maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalda roʻyobga chiqarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalashning huquqiy bazasini takomillashtirish, davlat hokimiyatining qonunchilik hamda boshqa tarmoqlari tizimida oʻzaro bir-birini tiyish va muvozanatni saqlashning samarali tizimini yaratish masalalari boʻyicha tadbirlar rejasi tasdiqlansin (1-ilova).
2. Qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish hamda qonunchilik texnikasining zamonaviy usullarini oʻrganish masalalari boʻyicha tadbirlar rejasi tasdiqlansin (2-ilova).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining faoliyatida umumdavlat va mintaqaviy manfaatlar mutanosibligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish dasturi tasdiqlansin (3-ilova).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi M. ShARIFXOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-iyul,
54-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2005-yil 21-iyuldagi 54-I-sonli qaroriga 1-ILOVA
Mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalashning huquqiy bazasini takomillashtirish, davlat hokimiyatining qonunchilik va boshqa tarmoqlari tizimida oʻzaro bir-birini tiyish va muvozanatni saqlashning samarali tizimini yaratish masalalari boʻyicha
TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbir nomi Oʻtkazish muddati Masʼul qoʻmita I. Konferensiyalar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati demokratik hokimiyat tizimida: qonunchilik faoliyati, parlament nazorati, mintaqalar bilan funksional aloqalar 2005-yilning III choragi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 2. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida davlat hokimiyati turli darajadagi organlarining oʻzaro bir birini tiyish va muvozanatni saqlash tizimining hamda oʻzaro hamkorligining qiyosiy-huquqiy tahlili 2005-yilning IV choragi Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi 3. Axborot erkinligini taʼminlash — demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va aholining siyosiy faolligini oshirishning muhim sharti 2005-yilning IV choragi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 4. Xususiy tadbirkorlik sohasidagi qonunlarning havola qiluvchi normalari va idoraviy norma ijodkorligini takomillashtirish muammolari 2006-yilning II choragi Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi 5. Xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotajovuz tahdidi va mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan boshqa transmilliy tahdidlarga qarshi kurash muammolari 2006-yilning II choragi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 6. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish samaradorligini qonunchilik yoʻli bilan taʼminlash 2006-yilning IV choragi Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi II. Seminarlar 1. Yuridik ilm-fan ahvoli va uning amaliyot bilan aloqasi 2005-yilning III choragi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ahvoli hamda qonun hujjatlarining shu sohaga doir qismining ijro etilishi 2005-yilning IV choragi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, xalq deputatlari Kengashlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mintaqaviy muammolarni hal qilishdagi roli 2006-yilning I choragi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 4. Mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy tashabbuslari va Markaziy Osiyoda parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish 2006-yilning I choragi Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi 5. Oʻzbekistonning suv resurslaridan samarali foydalanilishini taʼminlash: muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari 2006-yilning I choragi Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 6. Iqtisodiy sanksiyalarni qoʻllanishga doir qonun hujjatlarini yanada liberallashtirish: zaruriyat va istiqbollar 2006-yilning III choragi Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi III. Davra suhbatlari 1. Fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish va ularni moddiy-texnika resurslari hamda texnika bilan taʼminlash yuzasidan bozor infratuzilmasini shakllantirishni qonunchilik yoʻli bilan taʼminlash masalalari 2005-yilning III choragi Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 2. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish — iqtisodiy islohotlarning samaradorligini taʼminlashning muhim omili 2005-yilning IV choragi Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi 3. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada liberallashtirishning qonunchilik asoslari 2006-yilning II choragi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi 4. Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlarining oʻzaro aloqa hamda hamkorligi: oʻzaro bir-birini tiyish va muvozanatni saqlash tizimi 2006-yilning III choragi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 5. Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida qonunchilikning taʼminlanishi: qonun hujjatlari va amaliyot 2006-yilning III choragi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi 6. Xalqaro parlamentlararo hamkorlik va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini ilgari surish 2006-yilning IV choragi Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2005-yil 21-iyuldagi 54-I-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish hamda qonunchilik texnikasining zamonaviy usullarini oʻrganish masalalari boʻyicha
TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish shakli Bajarish muddati Masʼul ijrochilar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining hamda Senat Devonining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini koʻrib chiqishga qaratilgan ishlarini tashkil etishga doir tavsiyalar tayyorlash tarqatma material 2005-yilning III choragi Senat qoʻmitalari 2. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Senat qoʻmitalari qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga doir tavsiyalar tayyorlash tarqatma material 2005-yilning III choragi Senat qoʻmitalari 3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishga doir tavsiyalar tayyorlash tarqatma material 2005-yilning III choragi Senat qoʻmitalari 4. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini koʻrib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarorlarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi seminar-trening 2005-yilning III choragi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Toshkent davlat yuridik instituti bilan hamkorlikda) 5. Qonunchilik texnikasining zamonaviy usullari seminar-trening 2005-yilning III choragi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti 6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining nazorat qilish sohasidagi vakolatlari va ularni amalga oshirish tartibi seminar-trening 2005-yilning IV choragi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti 7. Mahalliy Kengashlar deputatlarini Senatning mintaqaviy muammolarni hal qilish borasidagi faoliyatidan xabardor etib borish masalalari yuzasidan Senat aʼzolarining ular bilan uchrashuvlarini oʻtkazish usullari seminar-trening 2005-yilning IV choragi Senat qoʻmitalari, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti 8. Xalqaro normalarning milliy qonun hujjatlariga singdirilishini taʼminlash seminar-trening 2006-yilning I choragi Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi (Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Toshkent davlat yuridik instituti bilan hamkorlikda) 9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati faoliyatida mamlakat ilmiy salohiyatidan foydalanish masalalari seminar-trening 2006-yilning I choragi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi (Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bilan hamkorlikda) 10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan mintaqaviy muammolarni ularni oʻrganib chiqish asosida umumdavlat manfaatlarini hisobga olgan holda hal qilish mexanizmlari seminar-trening 2006-yilning II choragi Senat qoʻmitalari (Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bilan hamkorlikda) 11. Kelishuv tartib-taomillari seminar-trening 2006-yilning II choragi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (Toshkent davlat yuridik instituti bilan hamkorlikda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2005-yil 21-iyuldagi 54-I-sonli qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining faoliyatida umumdavlat va mintaqaviy manfaatlar mutanosibligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish
DASTURI
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish shakli Amalga oshirish muddati Masʼul ijrochilar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan hamkor va mutanosib faoliyatining tashkiliy-huquqiy mexanizmini takomillashtirish Quyidagilarni ishlab chiqish: a) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining namunaviy Reglamentini; b) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari haqidagi namunaviy nizomni; v) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari faoliyatini tashkil etishga doir tavsiyanomalarni. 2005-yilning III choragi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining majlislarida mintaqaviy rivojlanish masalalarini koʻrib chiqish Tashkiliy tadbirlar 2005-yilning III choragidan eʼtiboran Senat qoʻmitalari 3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining sayyor majlislarini oʻtkazish Tashkiliy tadbirlar 2005-yilning III choragidan eʼtiboran Senat qoʻmitalari 4. Senat tomonidan nazorat qilish sohasidagi vakolatlarning amalga oshirilishi maqsadidan kelib chiqib tuzilgan ishchi guruhlari faoliyatida ishtirok etishga joylarda ishlovchi senatorlarni, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarini jalb qilish Tashkiliy tadbirlar 2005-yilning III choragidan eʼtiboran muntazam ravishda Senat qoʻmitalari 5. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Senatning va Senat qoʻmitalarining qarorlari ijro etilishini taʼminlash maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari qabul qilgan qarorlarni oʻrganish Tashkiliy tadbirlar 2005-yilning III choragidan eʼtiboran muntazam ravishda Senat qoʻmitalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari 6. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Senatning va Senat qoʻmitalarining qarorlari ijro etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi Tavsiyanomalar tayyorlash va tashkiliy tadbirlar oʻtkazish 2006-yilning 1 choragidan eʼtiboran Senat qoʻmitalari 7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining majlislarida ayrim mintaqaviy muammolarni muhokama qilish Tashkiliy tadbirlar 2005-yilning III choragidan eʼtiboran Senat qoʻmitalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari 8. Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarida qabul qiingan qarorlarni tushuntirish maqsadida uchrashuvlar oʻtkazish, shu jumladan mahalliy Kengashlar deputatlari bilan uchrashuvlar uyushtirish uchun hududlarga borishi Tashkiliy tadbirlar 2005-yilning II choragidan eʼtiboran Senat qoʻmitalari 9. Mintaqaviy muammolar muhokamasiga bagʻishlangan seminarlar, konferensiyalar va davra suhbatlarida joylarda ishlayotgan senatorlarning va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari raislarining ishtirokini taʼminlash Tashkiliy tadbirlar 2005-yilning III choragidan eʼtiboran Senat qoʻmitalari 10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari bilan axborot taʼminoti yoʻnalishidagi hamkorligi Axborot materiallarini yuborib turish va umumlashtirib borish Doimiy ravishda Senat qoʻmitalari 11. Senatorlarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati faoliyatini yoritish maqsadida televideniye va radio orqali chiqish, gazetalar uchun materiallar tayyorlash Vaqti-vaqti bilan Senat qoʻmitalari 12. Senat aʼzolari tomonidan fuqarolar qabulini amalga oshirish Tashkiliy tadbirlar Fuqarolar murojaat etishiga qarab Senatorlar
