“Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini tasdiqlash haqida (98-I-son)
26.07.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 21-iyuldagi “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-iyul,
98-I-son
