Tovar-xomashyo birjalari orqali yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan eksportga faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (324-son)
10.11.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tovarlarning birja va yarmarka savdosini yanada ragʻbatlantirish, tovarlarni chetga olib chiqishni tartibga solish hamda eksportdan valyuta tushumlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Tovar-xomashyo birjalari orqali yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan eksportga faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 61 va 62-pozitsiyalar qoʻshilsin:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-noyabr,
324-son
