Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisida (65-I-son)
14.06.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Taʼkidlab oʻtilsinki, 2004-yilda Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan 1,0 foiz oʻrniga 0,4 foiz miqdorida taqchillik bilan ijro etildi.
2. 2004-yilda Davlat budjetining xarajatlari aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, budjet mablagʻlari samaradorligi va maqbulligini taʼminlashga, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va boshqa toʻlovlarni toʻliq va oʻz vaqtida moliyalashtirishga, iqtisodiyotni rivojlantirish va budjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan investitsiyalash loyihalarini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 14-iyun,
65-I-son
