Toshkent shahridagi ayrim rayonlarning nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida (579-XII-son)
08.05.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qaror qiladi:
Toshkent shahar hokimining iltimosi qondirilib, Kirov rayonining nomi Yunusobod, Lenin rayonining nomini Mirobod, Oktyabr rayonining nomini Shayxontaxur va Frunze rayonining nomini Yakkasaroy deb oʻzgartirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 8-may,
579-XII-son
