Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (325-II-son)
07.12.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin:
“K. N. Toʻlaganovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida” 2001-yil 25-sentabrda chiqargan Farmoni;
“E. Q. Qudratovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2001-yil 25-sentabrda chiqargan Farmoni;
“A. N. Isayevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida” 2001-yil 25-sentabrda chiqargan Farmoni;
“B. E. Qosimovni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2001-yil 2-oktabrda chiqargan Farmoni;
“R. H. Haydarovni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida” 2001-yil 13-oktabrda chiqargan Farmoni;
“V. Y. Otayevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — yoqilgʻi-energetika kompleksining rahbari etib tayinlash toʻgʻrisida” 2001-yil 25-oktabrda chiqargan Farmoni.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 7-dekabr,
325-II-son
