Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (452-II-son)
13.12.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin:
“V. Y. Otayevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — yoqilgʻi-energetika kompleksining rahbari vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-sentabrda chiqargan Farmoni;
“B. T. Qurbonovni Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida” 2002-yil 2-oktabrda chiqargan Farmoni;
“X. Joʻrayevni Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 2-oktabrda chiqargan Farmoni;
“Tashqi iqtisodiy aloqalar sahasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-oktabrda chiqargan Farmoni (1-band);
“E. M. Gʻaniyevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi etib tayinlash toʻgʻrisida” 2002-yil 23-oktabrda chiqargan Farmoni;
“E. M. Gʻaniyevni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-oktabrda chiqargan Farmoni;
“R. H. Haydarovni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining raisi vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 2-dekabrda chiqargan Farmoni;
“B. R. Parpiyevni Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 2-dekabrda chiqargan Farmoni;
“B. R. Parpiyevni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining raisi etib tayinlash toʻgʻrisida” 2002-yil 2-dekabrda chiqargan Farmoni.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 13-dekabr,
452-II-son
