Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida Oʻzbekiston-Qozogʻiston Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida (450-II-son)
13.12.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida Oʻzbekiston — Qozogʻiston Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 13-dekabr,
450-II-son
