Alisher Navoiyning 550 yilligini nishonlash toʻgʻrisida (PF-139-son)
29.01.1991
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Buyuk shoir, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi nishonlanishi munosabati bilan mehnatkashlar va jamoalarning takliflarini inobatga olib:
— 1991-yil Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasida Alisher Navoiy yili deb eʼlon qilinsin;
— yubiley tantanalari shu yilning sentyabr oyida oʻtkazilsin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 29-yanvar,
PF-139-son
