Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning davlat ichki va tashqi siyosati, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish sohasidagi asosiy vazifalar toʻgʻrisidagi maʼruzasi yuzasidan (18-I-son)
28.01.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
Qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning davlat ichki va tashqi siyosati, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish sohasidagi asosiy vazifalar toʻgʻrisidagi maʼruzasini tinglab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning maʼruzasidagi ijtimoiy va davlat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisida, fuqarolarning huquqlari, demokratik erkinliklar ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga, erkin ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga qaratilgan qonun ijodkorligi ishini takomillashtirish haqida, sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish hamda liberallashtirish toʻgʻrisida, mamlakat xavfsizligiga hozirgi davrdagi xavf va tahdidlarni inobatga olgan holda davlatning tashqi siyosiy hamda tashqi iqsodiy faoliyati samaradorligini oshirish haqida bayon etilgan asosiy qoidalar va tezislar qoʻllab-quvvatlansin.
2. Qonunchilik palatasining Spikeri, Senat Raisi, palatalarning qoʻmitalari oʻz amaliy faoliyatlarida maʼruzada koʻtarilgan muammolarniig dolzarbligiga, ushbu muammolarni hal etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sobitqadamlik bilan, izchil ish olib borishi zarur ekanligiga asoslansinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-yanvar,
18-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi M. ShARIFXOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-yanvar,
11-I-son
