Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari 2005-yilda oʻtkazadigan tadbirlar toʻgʻrisida (18-I-son)
24.02.2005
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari 2005-yilda oʻtkazadigan tadbirlar tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi M. ShARIFXOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-fevral,
18-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari 2005-yilda oʻtkazadigan
TADBIRLAR
Yilning birinchi choragi
“Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari: voqelik va muammolar. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini takomillashtirish” mavzuida davra suhbati.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
“Senatorning oʻz vakolatlarini amalga oshirishdagi faolligini taʼminlash toʻgʻrisida” degan mavzuda davra suhbati (Senat qoʻmitalari bilan birgalikda).
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
“Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlari” mavzuida amaliy konferensiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Qarimovning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasining qoʻshma majlisidagi “Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” maʼruzasi asosida).
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
“Armiya va yoshlar” mavzuida davra suhbati (Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa va Sogʻliqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda).
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
“Oʻzbekiston jurnalistikasi. Muammolar va istiqbollar” mavzuida konferensiya (Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, shuningdek Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan birgalikda).
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
“Oʻzbekiston biologik xilma-xilligini saqlab qolish modeli sifatida Nurota — Qizilqum biosfera qoʻriqxonasini barpo etish” mavzuida davra suhbati.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Yilning ikkinchi choragi
“Oʻzbekiston Respublikasining kredit uyushmalari: muammolar va ularni hal etish yoʻllari” mavzuida seminar.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
“Dastlabki tergov va ishni sudga qadar yuritish protsesslari ustidan sud nazorati” mavzuida seminar.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat — harbiy xizmatning alohida turi” mavzuida davra suhbati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri).
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
“Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini xalqaro-huquqiy jihatdan himoya qilish: muammolar va takomillashtirish yoʻllari” mavzuida davra suhbati (Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda).
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
“Televideniye va radioeshittirishlar faoliyatining liberaltirilishini va iqtisodiy erkinligini huquqiy jihatdan taʼminlash muammolari” mavzuida davra suhbati (Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi bilan birgalikda).
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
“Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish masalalari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Yilning uchinchi choragi
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash: muammolar va ularni hal etish yoʻllari” mavzuida davra suhbati.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
“Oʻzbekistonda tadbirkorlarning manfaatlarini huquqiy himoya qilish: muammolar va ularni hal etish yoʻllari” mavzuida xalqaro konferensiya (Budjet va iqtisodiy islohotlar masalari qoʻmitasi bilan birgalikda).
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
“Fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashning huquqiy asoslari: muammolar va ularni hal etish yoʻllari” mavzuida davra suhbati.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
“Markaziy Osiyo umumiy bozorining normativ-huquqiy bazasini tayyorlash — mazkur bozor tashkil etilishining muhim va zarur bosqichi” mavzuida davra suhbati (Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitalari bilan birgalikda).
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
“Oʻzbekistonda sportni rivojlantirishni tashkiliy-xuquqiy jihatdan taʼminlash masalalari” mavzuida seminar.
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
“Oʻzbekiston Respublikasida chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning milliy strategiyasi va harakat dasturini ishlab chiqish” mavzuida davra suhbati.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Yilning toʻrtinchi choragi
“Banklarning investitsiya faoliyati muammolari va iqtisodiyotni rivojlantirish” mavzuida seminar.
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
“Sud-huquq islohoti: samaradorlik va istiqbollar” mavzuda konferensiya.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatni oʻtashning kontrakt asosidagi tizimi. Istiqbol va rivojlanish” mavzuida konferensiya.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
“Davlatning tashqi siyosati va iqtisodiy faoliyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash toʻgʻrisida” degan mavzuda seminar.
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
“Mustaqil Oʻzbekistonning yangi tarixini tadqiq etish masalalari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda).
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
“Zarafshon daryosining buguni va ertasi. Muammolar va yechimlar” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya.
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
