Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida (386-II-son)
28.08.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Budjet, bank va moliya masalalari qoʻmitasi, fraksiyalari hamda bloklarining takliflarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot maʼqullansin hamda u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining toʻqqizinchi sessiyasi muhokamasiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 28-avgust,
386-II-son
